9 oyni xatolarsiz yopamiz:
14 dekabr
• 2024 yil noyabr oyi uchun ShJBPH reyestrlarini taqdim etish va badallarni toʻlashning soʻnggi kuni (21.12.2004 y 595-son VMQga 1-ilova 16-b.);
• aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2025 yil yanvardan boshlab qat’iy belgilangan summada soliq toʻlashga oʻtish toʻgʻrisida soliq hisobida turgan joy boʻyicha belgilangan shaklda xabarnoma taqdim etishning soʻnggi kuni (SK 470-1-m. 1-q.);
Bunda soliq toʻlovchilar navbatdagi soliq davrida qat’iy belgilangan summada soliq toʻlashdan voz kechib, SK 467-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan stavkalar boʻyicha aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga qaytish huquqiga ega, buning uchun bu haqdagi xabarnomani roʻyxatdan oʻtgan joydagi soliq organlariga navbatdagi soliq davri (kalendar yili) boshlanishidan 10 kun oldin taqdim etadi (SK 470-1-m. 6-q.);
• qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 2024 yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning qolgan qismini (yillik summaning 30%) toʻlashning soʻnggi kuni (SK 448-m. 7-q.).