Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojхona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid XAMROYeV buxgalter.uz iltimosiga koʻra SKda 2025 yilda yer qa’riga soliq solishga oid oʻzgarishlar haqida ma’lumot berdi:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
1. Soliq stavkalari oʻzgartirildi
5% advalor stavka saqlangan holda, 1 kub metr uchun quyidagi stavkalar belgilandi:
- tabiiy pardozbop tosh bloklari uchun – 10 000 soʻm;
- marmar uchun – 20 000 soʻm;
- granit uchun – 30 000 soʻm.
Qurilish qumi, qumtosh va qum-shagʻal aralashmasi uchun 5% advalor stavka bekor qilinib, 1 kub metr uchun 5 000 soʻm qat’iy stavka belgilandi.
Togʻ-kimyo хom ashyosi va boshqa noruda qurilish materiallari uchun qat’iy stavkalar 10% ga indeksatsiya qilindi.
2. QQS va foyda soligʻini hisoblash maqsadida qum-shagʻal aralashmasining minimal qiymati joriy etildi
Ushbu soliqlarni hisoblashda karyerdagi qum-shagʻal aralashmasini realizatsiya qilish qiymati 1 kub metr uchun 20 000 soʻmdan kam boʻlishi mumkin emas.
3. Soliq stavkalariga oshiruvchi koeffitsiyentlar joriy etildi
Tuman va shahar хalq deputatlari kengashlariga noruda qurilish materiallari (sement ishlab chiqarish uchun ohaktoshdan tashqari) uchun qat’iy stavkalarga 1,3 gacha oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilash huquqi berildi.
E’tibor bering
Barcha soliqlar boʻyicha hisob-kitob misollari bilan yanada koʻproq dolzarb tushuntirishlarni Buxgalter Proda topasiz.
![]()