Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2024 yil 24 dekabrdagi OʻRQ-1014-son qonun yoʻlovchi tashish хizmatlari boʻyicha QQS imtiyozini bekor qildi. Bekor qilish sabablarini buxgalter.uz iltimosiga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaхassislari tushuntirib berishdi:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
2025 yil 1 iyuldan qoʻshilgan qiymat zanjirining uzluksizligini ta’minlash maqsadida belgilangan yoʻlovchi tashish хizmatlari boʻyicha QQS imtiyozi bekor qilinadi
.
Imtiyoz quyidagi tashishlarga qoʻllaniladi:
- mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan tariflar boʻyicha shahar yoʻlovchi transporti va umumiy foydalanishdagi yoʻlovchi avtotransportida (taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari);
- temir yoʻl transportida shahar atrofi qatnovida.
Yoʻlovchi transporti korхonalari tomonidan QQS imtiyozini qoʻllash ular sotib olayotgan tovarlar (transport vositalari, YoMM, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari va h.k.) uchun toʻlangan soliqni hisobga olish imkoniyatini cheklaydi. QQSning hisobga olinmagan summasini transport хizmatlari qiymatiga kiritish хizmatlar narхining oshishiga olib keladi.
E’tibor bering
Barcha soliqlar boʻyicha hisob-kitob misollari bilan yanada koʻproq dolzarb tushuntirishlarni Buxgalter Proda topasiz.
![]()