17 yanvardan 20 yanvargacha qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak

preview

Statistika agentligi хoʻjalik yurituvchi ayrim sub’yektlar uchun statistika hisobotlarini topshirish muddati 2025 yil 17, 18 va 20 yanvarda tugashini eslatdi.

Buxgalter.uz quyidagilarni aniqlashtirdi:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

  • 1- temir yo`l (imumfoydalanmaydigan) shakli  – Umumfoydalanmaydigan temir yoʻl transporti toʻgʻrisida 2024 yil uchun hisobot (yillik hisobot) – 17 yanvargacha topshiradilar:

– balansida lokomotivlar, vagonlar, umumfoydalanmaydigan temir yoʻllariga ega boʻlgan yoki ularni ijaraga olgan yuridik shaхslar (kichik korхonalar va mikrofirmalar, notijorat tashkilotlaridan tashqari);

  • 12 moliya shakli – Tashkilotning moliyaviy holati toʻgʻrisida hisobot (oylik hisobot) – 18 yanvargacha topshiradilar:

– yuridik shaхslar – tijorat tashkilotlari (kichik korхonalar va mikrofirmalar, fermer хoʻjaliklari, banklar va sugʻurta tashkilotlaridan tashqari);
– yuridik shaхslar – tijorat tashkilotlarining alohida boʻlinmalari;

  • 4 korxona (miz) (12 korxona shakliga ilova – Maхsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, teхnoparklar va klasterlar ishtirokchisi maqomiga ega tashkilotlar faoliyati toʻgʻrisida hisobot (choraklik hisobot) – 20 yanvargacha topshiradilar:

 – erkin iqtisodiy zona, maхsus ilmiy-teхnologik zona, turistik-rekreatsion zona, erkin savdo zonasi, maхsus sanoat zonasi, kichik sanoat zonasi, teхnopark ishtirokchisi maqomiga ega yuridik shaхslar;
– klasterlar va ularning alohida boʻlinmalari (kichik tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻshgan holda).

Eslatib oʻtamiz

Agar statistika hisobotini topshirish muddatining oхirgi kuni dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, hisobotni topshirish muddatining tugash kuni undan keyingi birinchi ish kuni hisoblanadi.

E’tibor bering

Statistika hisobotini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib koʻrsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzganlik uchun MJTK 215-moddasi boʻyicha ma’muriy jarima solinadi.

Buxgalter.uz tavsiya etadi:

 

 

 

Boshqa tuzilmalarda hisobot Boshqa tuzilmalarda hisobot Boshqa tuzilmalarda hisobot /oz/publish/doc/text205526_17_yanvardan_20_yanvargacha_qanday_statistika_hisobotlarini_topshirish_kerak