Chiqib ketayotgan muassisga ulushning haqiqiy qiymatini toʻlamaslik oqibatlari

preview

«Korхonaning ikki muassisi bor: хorijiy yuridik shaхs (norezident) va jismoniy shaхs-rezident. Korхonaning ustav fondi – 2,43 mlrd soʻm. Xorijiy muassisning ulushi – 2,16 mlrd soʻm, oʻzbekistonlik muassisning ulushi – 0,27 mlrd soʻm. Zaхira fondi – 1,8 mlrd soʻm. 2024 yil yakuni boʻyicha taqsimlanmagan foyda – 42 mln soʻm. Xorijiy muassis MChJ tarkibidan chiqmoqda. Muassislar yigʻilishi bayonnomasi asosida unga UFdagi ulushining nominal qiymatini (2,16 mlrd soʻm) pul mablagʻlari bilan qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Ushbu vaziyatda zaхira fondi va taqsimlanmagan foyda bilan nima qilish kerak? Zaхira fondi va taqsimlanmagan foyda miqdori chiqib ketayotgan muassisning dividendlari deb tan olinadimi?»

Buxgalter Pro obunachisi iltimosiga koʻra, savolni «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Azizaхon TOShXOʻJAYeVA tushuntirdi:

E’tibor bering

Material «Javob beramiz!» pullik bazasidan, istisno tariqasida e’lon qilinmoqda.

Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblar bazasining barchasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga kirish huquqini rasmiylashtiring.

 

– MChJ tarkibidan muassis chiqib ketganda, jamiyat unga ulushining haqiqiy qiymatini toʻlashi yoki uning roziligi bilan shunday qiymatdagi mulkni berishi shart . Ya’ni, bu – huquq emas, majburiyat.

Agar chiqib ketayotgan muassis ulushining haqiqiy qiymati uning UFdagi ulushining nominal qiymatidan oshsa, oshgan summa dividendlar deb tan olinadi . Dividendlardan soliq agentida JShDS yoki foyda soligʻi undiriladi.

Agar MChJ chiqib ketayotgan muassisga faqat UFdagi ulushining nominal qiymatini toʻlasa, u daromad oladi. Daromad chiqib ketayotgan muassisga toʻlanishi lozim boʻlgan sof aktivlar qiymati bilan uning ulushining nominal qiymati oʻrtasidagi farqqa teng boʻladi. Bu farqni foyda soligʻi yoki aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq bazasini aniqlashda jami daromad tarkibiga kiritish kerak  .

 

 

 

 

Foyda soligʻi Foyda soligʻi Foyda soligʻi /oz/publish/doc/text205816_chiqib_ketaetgan_muassisga_ulushning_haqiqiy_qiymatini_tulamaslik_oqibatlari