Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
«Elektrodvigatelga ega boʻlgan transport vositalari akkumulyator batareyalarini utilizatsiya qilish infratuzilmasini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 31.01.2025 yildagi VMQ-52 sonli qarorga muvofiq yangi elektromobillarga utilizatsiya yigʻimi toʻrt barobarga oshirilmoqda. Tafsilotlarni norma.uz portali keltirmoqda.
Hujjat 1 maydan e’tiboran kuchga kiradi:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
1 maydan e’tiboran elektr dvigatelli transport vositalari (TIF TN kodi 870380) uchun utilizatsiya yigʻimi quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
- 3 yildan ortiq boʻlmagan elektromobillar uchun – BHMning 120 baravari;
- barcha boshqa elektromobillar uchun – BHMning 120 baravari.
Eslatib oʻtamiz!
Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularga tirkamalar, shinalar va pokrishkalar boʻyicha utilizatsiya yigʻimi toʻlovchilari quyidagi jismoniy va yuridik shaхslar hisoblanadi
:
- ushbu tovarlarni «Erkin muomalaga chiqarish (import)» bojхona rejimida rasmiylashtiruvchilar;
- Oʻzbekiston hududida sotiladigan gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularga tirkamalar, shinalar va pokrishkalarni ishlab chiqaruvchi (yigʻuvchi, tayyorlovchi)lar.
Transport vositalari, shinalar va pokrishkalar boʻyicha utilizatsiya yigʻimini qanday toʻlash, ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarda buхgalteriya va soliq hisobi misollari bilan batafsil ma’lumotlarni tavsiyada oʻqing.
Manbaga qarang.
![]()