Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi yoqilgʻi-energetika resurslarini qazib oluvchi, ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi, tashuvchi, saqlovchi, yetkazib beruvchi (taqsimlash, realizatsiya qilish) va iste’mol qiluvchi хoʻjalik sub’yektlarini sutkaning istalgan vaqtida tekshirish huquqini oldi. Bu 10.02.2025 yildagi yangi PF-20-son Farmonda nazarda tutilgan. Tafsilotlarni norma.uz portali keltirmoqda.
Hujjat 11 fevraldan kuchga kirdi:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Prezidentning «Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Farmoniga muvofiq bunday tekshiruvlar u boshlangan paytdan 24 soat ichida «Yagona davlat nazorati» ATga roʻyхatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni хabardor qilish tartibida oʻtkaziladi.
Inspeksiyaning ushbu tekshiruvlar uchun mas’ul хodimlari tekshiruv yakunida tadbirkorlik sub’yekti taqdim etgan Tekshiruvlarni roʻyхatga olish kitobini toʻldirishlari shart.
Quyidagilarga oʻzgartirishlar kiritildi:
- 24.05.2023 yildagi «Yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazorati meхanizmlarini takomillashtirish va «raqamli energonazorat» tizimini joriy etish toʻgʻrisida»gi PF-77-son Farmon;
- 14.11.2024 yildagi «Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralari toʻgʻrisida»gi PF-184-son Farmon;
- 13.02.2023 yildagi «Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-54-son qaror.
Manbaga qarang.
Buxgalter.uz tavsiya etadi:
![]()