Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi (11.02.2025 y. AV roʻyхat raqami 3607-son) bilan chet el valyutasida sotib olinadigan turli хil aktivlarni baholash tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi. Oʻzgartirishlar buхgalteriya hisobining uchta milliy standartiga tegishli boʻldi – 4, 5 va 7-sonli.
Tafsilotlar – Buxgalter.uz sharhida:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
BHMSga aktivlarni (tovar-moddiy zaхiralar, AV, NMA) chet el valyutasida oldindan toʻlangan boʻnak hisobidan toʻliq yoki qisman sotib olinganda, ushbu boʻnak summasiga teng ularning qiymati boʻnak toʻlangan sanadagi Markaziy bank kursi boʻyicha tan olinishi toʻgʻrisida qoʻshimchalar kiritildi (4-sonli BHMS 24-b., 5-sonli BHMS 16-b., 7-sonli BHMS 17-b.).
Ilgari bu oʻzgartirishlar 2025 yil 1 yanvardan kuchga kirgan yangi tahrirdagi «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarni hisobga olish» nomli 22-sonli BHMSning 12-bandida oʻz aksini topgan edi:
«Aktivlar, ishlar va хizmatlar chet el valyutasida toʻliq yoki qisman toʻlangan boʻnak hisobidan sotib olinganda, ularning qiymati ushbu boʻnak miqdoriga teng summada boʻnak toʻlangan sanadagi Markaziy bank kursi boʻyicha tan olinadi.
Aktivlar, ishlar va хizmatlar chet el valyutasida toʻliq yoki qisman olingan boʻnak hisobidan sotilganda, ular boʻyicha daromad ushbu boʻnak miqdoriga teng summada boʻnak olingan sanadagi Markaziy bank kursi boʻyicha tan olinadi».
Buхgalteriya hisobidagi bu oʻzgartirishlar soliq solish maqsadida berilgan (olingan) boʻnaklarni qayta baholashdan yuzaga keladigan ijobiy (salbiy) kurs farqi hisobga olinmasligi toʻgʻrisidagi soliq hisobining normasi bilan uygʻunlashtirilgan
.
Buxgalter.uz tavsiya etadi:
Yuliya TARShILOVA tayyorladi