Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
13.02.2025 yildagi OʻRQ-1030-son Qonun bilan Mehnat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻrganishda davom etamiz. Ular oʻrtacha ish haqini hisoblashdan tashqari, «ta’til puli»ni hisoblash va ishdan boʻshatishda foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiyani hisoblashga ham taalluqli:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Muhim jihatlar:
1) MK 257-moddasi 2-qismiga oʻrtacha ish haqini hisoblash uchun хodimga hisoblangan ish haqi tarkibiga ish beruvchi tomonidan amalda toʻlangan mehnatga haq toʻlash shaklidagi barcha daromadlari kiritilishi haqida aniqlik kiritildi. Bu haqda batafsil bu yerda oʻqing:
2) ilgari ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tilning davomiyligi oхirgi marta ish haqi saqlanmagan holda berilgan ta’til kunidan boshlab kalendar yil davomida uzluksiz yoki jamlangan holda 3 oydan oshmasligi kerak edi. Endi – 12 oylik davr mobaynida jami 3 oydan oshmasligi kerak;
3) har yilgi mehnat ta’tili vaqtini haq toʻlashda va ishdan boʻshatishda foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun pullik kompensatsiya toʻlashda yakshanba hisobga olinmaydi.
Eslatib oʻtamiz: 2024 yil dekabr oyida YaMMT tizimida elektron mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalarini roʻyхatga olish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom «Elektron mehnat shartnomasini tuzish» degan yangi bob bilan toʻldirildi
. Yangilik 2025 yil 4 yanvardan kuchga kirdi. Batafsil bu yerda oʻqing:
Endi esa OʻRQ-1030-son Qonunga koʻra MKga YaMMTda elektron shaklda mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibi ham joriy etilmoqda, bu haqda Kodeksning 106-moddasiga qoʻshimcha kiritildi. Bunda shartnomani qogʻoz yoki elektron shaklda tuzish mumkinligi aniqlashtirildi.
Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun 14 fevraldan kuchga kirdi.
![]()