Oʻrtacha ish haqini hisoblash tartibida nimalar oʻzgarmoqda

preview

13.02.2025 yildagi OʻRQ-1030-son Qonun bilan oʻrtacha ish haqini hisoblashga oʻzgartirishlar kiritildi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

MK 257-moddasi 2-qismiga oʻrtacha ish haqini hisoblash uchun хodimga hisoblangan ish haqi tarkibiga ish beruvchi tomonidan amalda toʻlangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar kiritilishi toʻgʻrisida aniqlik kiritildi.

Oʻrtacha ish haqini hisoblash mehnatga haq toʻlashning barcha turlari uchun birхillashtirildi.

Endi oʻrtacha ish haqi хodim uchun oʻrtacha ish haqi saqlanadigan oydan oldingi 12 kalendar oy uchun hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar summasining 1/12 qismi miqdorida aniqlanadi .

Ilgari vaqtbay, ishbay va tarifsiz mehnatga haq toʻlash tizimlari uchun oʻrtacha ish haqini hisoblash tartibi belgilangan edi.

Oʻzgartirishlar Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan – 2025 yil 14 fevraldan kuchga kiradi.

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text206321_urtacha_ish_haqini_hisoblash_tartibida_nimalar_uzgarmoqda