Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
«Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi toʻliq EHF asosida toʻldiriladi. Oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda ijara toʻlovining minimal stavkalari va shartnomaviy ijara toʻlovi oʻrtasidagi farq summasi Hisob-kitobning 1-ilovasi 0205-satrida aks etishi uchun bu summaga bir tomonlama EHFni rasmiylashtirish kerak. Lekin biz qaysi EHFni rasmiylashtirish kerakligini tushuna olmayapmiz. Boshqa daromadlar uchun EHF tegishli MXIKga ega emas».
Buxgalter Pro obunachisi iltimosiga koʻra savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Azizaхon TOShXOʻJAYeVA javob berdi:
E’tibor bering
Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va «Javob beramiz!» tayyor javoblar bazasining barchasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga kirish huquqini rasmiylashtiring.
– Ijara toʻlovining minimal stavkalari (agar ular oʻrnatilgan boʻlsa, oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda) JShDS, aylanmadan olinadigan soliq, foyda soligʻi va QQSni hisoblash maqsadida ijaraning bozor qiymati deb tan olinadi.
Haqiqatan ham, aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi EHF, shu jumladan bir tomonlama EHF asosida shakllantiriladi.
Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda ijara toʻlovi – belgilangan stavkalardan past boʻlgani sababli, хoʻjalik yurituvchi sub’yekt koʻchmas mulkni bozor qiymatidan past narхda ijaraga berayotgan hisoblanadi. Farq summasiga u "bozor qiymatidan past narхda realizatsiya qilish" turida bir tomonlama EHFni rasmiylashtirishi, MXIKni esa ijarachiga taqdim etiladigan ijara toʻlovi boʻyicha hisobvaraq-fakturada koʻrsatilganini tanlashi kerak.
![]()