Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Turli manbalarda Navroʻz bayramida oʻzbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam olishi haqida ma’lumotlar paydo boʻlmoqda. Agar yaqin kunlarda qoʻshimcha va koʻchirilgan dam olish kunlarini belgilash toʻgʻrisida normativ hujjat chiqsa, ehtimol shunday boʻlishi mumkin.
Lekin Mehnat vazirligining ish vaqti ishlab chiqarish taqvimida bugungi kunda faqat Mehnat kodeksida belgilangan rasmiy sanalar nishonlanadigan kunlar qayd etilgani uchun, biz ham shularga tayanamiz. Batafsil – buxgalter.uz sharhida:
Kerakli tushuntirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Martdagi rasmiy bayram dam olish kunlari sanalarini MK 208-moddasi belgilaydi:
- Xotin-qizlar kuni – 8 mart.
- Navroʻz – 21 mart.
- «Roʻza hayit» (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni – 31 mart (taхminiy).
8 mart – shanba kuni. Agar bayram kuni dam olish kuni bilan mos kelsa, u keyingi birinchi ish kuniga koʻchiriladi
. Demak, 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun bayram dam olish kuni dushanba, 10 martga koʻchiriladi. 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun esa koʻchirilish boʻlmaydi, ular 8 sanada, shanbada dam oladilar.
|
Bayram |
Ish haftasi turi |
Dam olish kunlari |
|
8 mart – Xotin-qizlar kuni |
5 kunlik |
3 kun – 8 dan 10 martgacha |
|
6 kunlik |
2 kun – 8 dan 9 martgacha |
|
|
21 mart –Navroʻz |
5 kunlik |
3 kun –21 dan 23 martgacha |
|
6 kunlik |
2 kun – juma 21 mart, yakshanba 23 mart |
|
|
31 mart – Roʻza хayitning birinchi kuni |
5 kunlik |
3 kun – 29 dan 31 martgacha |
|
6 kunlik |
2 kun – 30 dan 31 martgacha |
Agar Roʻza hayitni nishonlashning birinchi kuni yakuniy hisobda 31 martga toʻgʻri kelsa (dastlabki aniqlangandek), 5 kunlik ish haftasidagi хodimlar uchun uzluksiz dam olish uch kun – 29 martdan 31 martgacha davom etadi. 6 kunlik ish haftasi uchun bu ikki kun – 30 martdan 31 martgacha. Agar tegishli normativ-huquqiy hujjat chiqsa, bu ma’lumot oʻzgartirilishi mumkin.
E’lon qilish vaqtidagi ma’lumotlarga koʻra, martdagi ish vaqti balansi quyidagicha boʻladi:
- 5 kunlik ish haftasidagi хodimlar uchun – 142 soat;
- 6 kunlik ish haftasi uchun – 151 soat.
![]()