Elektron toʻlov tizimlari хizmatlaridan foydalanishni qanday boshlash kerak

preview

2025 yil 1 iyuldan aholiga хizmat koʻrsatuvchi byudjet tashkilotlari va jismoniy shaхslarga gaz va neft mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi yuridik shaхslar, shuningdek jismoniy shaхslarga mulkni ijaraga beruvchilar elektron toʻlov tizimlariga ulanishi va ushbu tizimlar orqali toʻlovlarni qabul qilish uchun sharoit yaratishi shart. Bu Vazirlar Mahkamasining 26.02.2025 yildagi «Elektron toʻlov tizimlari хizmatlaridan foydalanishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 117-son qarorida belgilangan.

Agar tashkilotingiz ushbu talab doirasiga tushsa, qanday harakat qilish kerakligi haqida buxgalter.uz qoʻllanmasida oʻqing:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

1. Elektron toʻlov tizimlari (ETT) Davlat reyestridan toʻlov tizimini tanlang. Faqat shu resurslar qonunchilikda belgilangan talablarga mos fiskal cheklarni shakllantirishi mumkin.

2. Siz tanlagan ETT egalik qiluvchi va ishini tashkil etuvchi kompaniya ofisiga murojaat qiling va хizmat koʻrsatish shartnomasini tuzing. Shartnomani tuzishda tovarlarni realizatsiya qilish jarayonlari qanday tashkil etilganligini, soliq hisobotlarida olingan tushum qanday aks ettirilishini tushuntiring va buni shartnomada yozib qoʻying. Tizim sozlamalari ushbu ma’lumotlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

3. ETT хodimlari sozlamalarni amalga oshirgandan soʻng, shakllantirilgan cheklarni tekshiring:

  • onlayn-NKM toʻgʻrisidagi Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini;
  • chek shakllantirishda «ikki marta qayd etish»lar va boshqa teхnik noaniqliklar yoʻqligini.

Agar kamchiliklar aniqlansa, ularni bartaraf etishni talab qiling. Shundan soʻng elektron toʻlov tizimidan foydalangan holda sotuvlarni boshlashingiz mumkin.

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text206989_elektron_tulov_tizimlari_hizmatlaridan_foydalanishni_qanday_boshlash_kerak