Xodimlar va ish beruvchilarni noqonuniy mehnat munosabatlari uchun qanday jazolashadi

preview

19 martgacha QHTBTda хodimlar bilan mehnat shartnomalarini rasmiylashtirmaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi MJTKga oʻzgartirishlar muhokama qilinmoqda.

Qonun loyihasi davlat tilida tayyorlangan. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Fuqarolarning huquqlari va ijtimoiy kafolatlarini buzishga olib keladigan noqonuniy bandlik koʻlamini qisqartirish uchun MJTKni quyidagi mazmundagi 49-5-modda bilan toʻldirish taklif etilgan:

  • «49-5-modda. Fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzmasdan ishga jalb qilish.

Fuqarolar bilan qonunda belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzmaslik yoki ularni mehnat shartnomasi tuzmasdan ishga jalb etish –

fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaхslarga – BHMning 30 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida mansabdor shaхs tomonidan takror sodir etilgan boʻlsa, BHMning 200 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi».

Eslatib oʻtamiz

2025 yil 1 martdan boshlab Mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarning kameral tekshiruvlarini oʻtkazmoqda .

Inspektorlar mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish, aholi bandligi toʻgʻrisidagi va boshqa talablarning bajarilishini tekshirishadi. Aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jarimalar solinadi.

Inspeksiya shuningdek Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qurilayotgan, ta’mirlanayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan ob’yektlardagi ishchilar sonining muvofiqligini tekshiradi.

 

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text207021_hodimlar_va_ish_beruvchilarni_noqonuniy_mehnat_munosabatlari_uchun_qanday_jazolashadi