9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Koʻp buxgalterlar uchun soʻnggi ikki kun biroz asabiy oʻtdi. Odatiy MXIKlar uchun avval shakllantirilgan oʻlchov birliklari yoʻqolib, faqat kilogrammlar qoldi. Va koʻpchilik, ayniqsa qadoqlangan mahsulotlari pachkalarda va grammlarda boʻlganlar va mahsulot narxi tegishli ravishda pachka boshiga shakllantiriladiganlar yuk joʻnatishni toʻxtatdilar.
Soliq organining xabariga koʻra, mahsulotlarni roʻyxat boʻyicha EHF orqali realizatsiya qilishda endi belgilangan oʻlchov birliklaridan yoki ularning asosida yaratilgan qadoqlardan foydalanish kerak.
Buxgalter.uz iltimosiga koʻra vaziyatni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi:
Ekspertning kerakli tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Bu muammo bevosita duch kelmaganlar uchun sun’iy boʻlib tuyulishi mumkin. Biroq maxsus konditer mahsulotlarini, ayniqsa diabet bilan ogʻrigan odamlar uchun moʻljallangan mahsulotlarni ulgurji yetkazib beruvchi kompaniyalar uchun vaziyat tang.
Diabetik konditer mahsulotlari kichik qadoqlarda – 20, 70, 90, 110 gramm qadoqlarda chiqariladi. Ilgari bu mahsulotlar donada hisobga olinar edi: bojxonaga donada keltirilar, invoyslar va BYuD donada rasmiylashtirilar va oxirgi chakana sotuvchilarga ham tovar donada joʻnatilar edi. Tizim yaxshi sozlangan edi va uzilishlarsiz ishlar edi.
Ammo endi konditer mahsulotlari faqat kilogrammlarda hisobga olinishi kerak. Taklif etilgan yechim – qadoqlarni shakllantirish – amalda ishlamadi. Kompaniyalar tavsiyalarga amal qilib, koʻrsatilgan ogʻirlikdagi qadoqlarni shakllantirishdi, lekin hisobvaraq-fakturalarni shakllantirishda bu qadoqlar tizimda aks etmaydi, chunki operatorlarning dasturiy ta’minoti faqat kilogrammni oʻlchov birligi sifatida tan oladi.
Nima qilish kerak
1. tasnif.soliq.uz saytiga kiring va ERI yordamida yuridik shaxs shaxsiy kabinetiga kiring;
2. Kerakli MXIKni tanlang:
«Tanlangan oʻlchov birliklari/qadoqlar»ni tanlang
3. Bosgandan soʻng taxminan quyidagini koʻrasiz:
4. «Qadoq shakllantirish» tugmasini bosing, ogohlantirish oynasi ochiladi:
5. №5 qadamni bajaring:
Kerakli birlik boʻlmasa, yangisini yarating. Agar tizimda oʻlchov birligi boʻlsa, tizim oʻsha birlikning yangisini qoʻshmaydi. Qadoqni «Tanlanganlar»ga saqlang.
6. Undan keyin Didox tizimidagi roʻyxatingizni yangilashingiz kerak. Yangilangandan soʻng sizda bu oʻlchov birligi paydo boʻladi.
Masalan, konfetlarni realizatsiya qilishda EHFni rasmiylashtirish uchun ushbu shakllantirilgan qadoqdan foydalanish mumkin boʻladi.
«Qadoq shakllantirish» funksiyasi mana shu yerda joylashgan:
EHF orqali tovarlarni realizatsiya qilishda ularga biriktirilgan oʻlchov birliklaridan yoki ular asosida shakllantirilgan qadoqlardan foydalanish zarur (tovarlar roʻyxatiga qarang).
Chakana savdoda onlayn-NKT cheklarida tasnif.soliq.uz saytida koʻrsatilgan oʻlchov birliklari qoʻllaniladi.
Yuliya TARShILOVA tayyorladi