1 iyuldan kiritiladigan oʻzgartirishlarga oldindan tayyorlaning:
20 mart kuni Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz punktga – yillik 14 foizgacha oshirdi. Avvalroq bu koʻrsatkich 2024 yil 26 iyuldan beri yillik 13,5 foizni tashkil etgandi.
Buxgalter.uz stavka miqdori nimalarga ta’sir qilishi va qaysi hisob-kitoblarda qoʻllanilishi haqida eslatadi:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Markaziy bank asosiy stavkasi foizsiz qarzlar (qaytarish sharti bilan berilgan moliyaviy yordam) va foizli qarz mablagʻlari boʻyicha soliq solish maqsadida daromadlarni hisoblashda qoʻllaniladi, agar shartnoma boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasidan past boʻlsa.
Amaliy misollarda buni Buxgalter Pro tavsiyasida koʻrish mumkin – Qarz oluvchida daromad va хarajatlar qanday hisobga olinadi va soliqqa tortiladi > > >
Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi majlisi 2025 yil 24 aprel kuniga belgilangan.
Saida JANIZAKOVA tayyorladi