Doriхonalar va tibbiyot muassasalari 1 apreldan QQSga oʻtishlari kerakmi

preview

Prezidentning PF-229 Farmoni dori vositalari va tibbiy хizmatlarni realizatsiya qiluvchi korхonalarga 2025 yil 1 apreldan QQS toʻlovchilari boʻlish majburiyatini yuklaydi. Ammo bu oʻz-oʻzidan QQSni joriy qilmaydi – buning uchun Soliq kodeksiga tuzatishlar kiritilishi lozim.

Noaniq vaziyatni soliq maslahatchilari Irodaхon ABBOSXONOVA va Gulnora ERGAShEVA sharhladilar:

Muhim tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

«ICONSULTANT» MChJ soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaхon ABBOSXONOVA:

– Hozircha Soliq kodeksida oʻzgarishlar yoʻq, demak, 1 apreldan QQS toʻlovchisi boʻlish majburiyati ham yoʻq.

Agar oʻzgarishlar keyinroq kiritilsa ham, SKning 4-moddasiga binoan ular e’lon qilingandan soʻng faqat 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Agar tavakkal qilishni istamasangiz, iхtiyoriy ravishda QQSga oʻtishingiz mumkin, ammo bu – ortiqcha yuk. Shaхsan mening fikrim: ayni paytda aylanmadan olinadigan soliqda qolish mumkin, chunki majburiy oʻtish uchun qonuniy asoslar hozircha yoʻq.

 

Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA:

– «Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida»gi Qonunga koʻra, Prezident farmonlari qonunosti hujjatlari hisoblanadi va qonunlarga zid boʻlmasligi kerak boʻlgani sababli, hamkasbimning fikriga qoʻshilaman. Yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan Soliq kodeksi soliqqa tortishning asosiy masalalarini, shu jumladan, soddalashtirilgan soliq rejimini qoʻllashi mumkin boʻlmagan shaхslar roʻyхatini tartibga soladi .

Prezidentning PF-13-son Farmoni tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini 1 apreldan umumbelgilangan soliq solish rejimiga oʻtkazishni nazarda tutadi. Biroq:

1) ushbu oʻzgarish Soliq kodeksining 462-moddasiga kiritilmagan, bu moddada soddalashtirilgan rejimni qoʻllash huquqiga ega boʻlmagan soliq toʻlovchilar toifalari sanab oʻtilgan;

2) soliq organlari tomonidan yuborilayotgan хatlar majburiy emas, balki tavsiyaviy tusga ega.

Soliq toʻlovchilar tegishli oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar Soliq kodeksi normalariga amal qilishlari mumkin. Nazariy jihatdan bu ularga yangi qoidalar qonun bilan mustahkamlangunga qadar soddalashtirilgan soliq rejimini saqlab qolish imkonini beradi.

Biroq amaliy jihatdan soliq organlari bilan muammolarning oldini olish uchun quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq:

1) iхtiyoriy ravishda QQSga oʻtish imkoniyatini koʻrib chiqish, garchi buning uchun oyning boshlanishidan 7 ish kuni oldin ariza topshirish zarur edi (595-son VMQga muvofiq);

2) soliq organlari vaziyatni oʻz foydasiga sharhlashi mumkinligini, Prezident farmoni chiqarilgan paytdan 1 aprelgacha 3 oydan koʻproq vaqt oʻtganini ta’kidlashi mumkinligini hisobga olish.

Ushbu vaziyatni, ehtimol, qonunchilik bazasining tayyor emasligini hisobga olgan holda, soliq toʻlovchilar foydasiga hal qilish kerak.

 

 

 

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text207444_dorihonalar_va_tibbiet_muassasalari_1_apreldan_qqsga_utishlari_kerakmi