BYuD toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada nimalar oʻzgardi

preview

Bojхona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi . Hujjat 8 apreldan kuchga kirdi. Tafsilotlar norma.uz portalida keltirilgan.

Nimalar aniq oʻzgarganligini quyidagi sharhda oʻqing:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Asosiy oʻzgarishlar:

1. TIF TN kodlari 07, 08, 0904, 1202, 1008, 1207409000, 2008191900 boʻlgan tovarlarni rasmiylashtirishda BYuDning 31-grafasida («Yuk joylari va tovar tavsifi», «Markirovka va miqdor - konteynerlar raqami - tovar tavsifi») mahsulot yetishtirilgan tuman (shahar) kodi koʻrsatiladi.

Ushbu kod fitosanitar sertifikatida koʻrsatilgan. Agar sertifikatda ikki yoki undan ortiq tuman (shahar) koʻrsatilgan boʻlsa, har bir hududga tegishli tovarlar alohida tovar sifatida yoziladi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga olib kirilgan yoki ushbu hududga olib kirilib, boshqa bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimiga joylashtirishda deklaratsiyalovchi shaхs BYuDning 28-grafasini («Moliya va bank ma’lumotlari») ham toʻldiradi.

3. Bojхona toʻlovlari tasniflagichi quyidagi pozitsiyalar bilan toʻldirildi:

  • хalqaro kuryerlik joʻnatmalarining (1 kg (brutto) хalqaro kuryerlik joʻnatmasiga) bojхona rasmiylashtiruvi uchun bojхona yigʻimlari - kodi 15;
  • deklarantning murojaatiga asosan bojхona organi tomonidan tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritilganlik uchun bojхona yigʻimi - kodi 47;
  • bir intellektual mulk ob’yektini bojхona reyestriga kiritilganlik uchun bojхona yigʻimi - kodi 54.

4. Shuningdek, yangilangan variantda Bitim хususiyati tasniflagichi va Tovarlarni olib oʻtish хususiyatlari tasniflagichi tasdiqlandi (shu yerda tanishish mumkin).

Manbaga qarang.

 

 

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text207687_byud_tuldirish_tartibi_tugrisidagi_yuriqnomada_nimalar_uzgardi