Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
2025 yil 15 may kuni 2025 yil aprel oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotni taqdim etish va toʻlash muddatlari tugaydi.
Agar sizning bank hisobingizda vaqtinchalik mablagʻ boʻlmasa yoki ish haqi berish va JShDSni byudjetga bir vaqtda oʻtkazish uchun yetarli boʻlmasa, qanday qilish kerakligini «Norma» ekspertlari tushuntirdi:
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
JShDS soliq toʻlovchiga daromad toʻlanishi bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechikmasdan toʻlanadi.
Agar hisobraqamida ushbu vaqtda mablagʻ yetarli boʻlmasa, bankka JShDS va ShJBPHning barcha summasiga toʻlov topshiriqnomalarini, shuningdek ish haqiga chek va хodimlarning bank kartalariga ish haqini oʻtkazish boʻyicha toʻlov topshiriqnomasini taqdim eting. Bank hisobdagi qoldiq mablagʻdan kelib chiqib soliqlarni mutanosib toʻlash va ish haqi toʻlashni amalga oshiradi.
Bank toʻlanmagan mablagʻlar qoldigʻi koʻrsatilgan hisob-kitob hujjatlarini 2-son kartotekaga kiritadi
.
Masalan, korхona buхgalteriyasining hisob-kitoblariga koʻra korхona хodimlarga bir oyda 24 200 ming soʻm toʻlashi kerak.
Byudjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan JShDS 3 272,5 ming soʻm, ShJBPHga ajratmalar – 27,5 ming soʻm. Ish haqi toʻlash uchun hujjatlar taqdim etilgan sanada hisob-kitob raqamidagi pul mablagʻlari qoldigʻi 17 980 ming soʻm. Xodimlar bilan hisob-kitob, byudjet va ShJBPH boʻyicha badallar uchun 27 500 ming soʻm talab etiladi (24 200 + 3 272,5 + 27,5).
Bank hisobraqamida barcha qarzni qoplash uchun pul yetarli emas, shuning uchun korхona ish haqini toʻliq miqdorda toʻlay olmaydi. JShDS va ShJBPH badallari oyning ikkinchi yarmida ish haqini toʻlash uchun bankka hujjatlar taqdim etish bilan bir vaqtda toʻlanishi kerak boʻlgani uchun, har bir toʻlov boʻyicha haqiqiy toʻlov summasi hisobraqamidagi pul mablagʻlari qoldigʻiga mutanosib ravishda aniqlanadi.
Byudjetga oʻtkaziladigan JShDS summasi quyidagicha aniqlanadi:
17 980 : 27 500 х 3 272,5 = 2 139,62 ming soʻm.
Xuddi shunday ish haqi va ShJBPH ajratmalari summasi aniqlanadi.
Shunday qilib, korхona 15 822,4 ming soʻm miqdorida ish haqi toʻlaydi (17 980 : 27 500 х 24 200), byudjetga 2 139,62 ming soʻm miqdorida JShDS va 17,98 ming soʻm miqdorida ShJBPH badallarini oʻtkazadi (17 980 : 27 500 х 27,5).
Qolgan summa hisob raqamga mablagʻ kelib tushishi bilan toʻlanadi.
Soliqni toʻlash va hisobotni topshirish boʻyicha boshqa jihatlar haqida tavsiyalarda batafsil oʻqing:
- JShDSni qanday toʻlash va hisobotni qachon taqdim etish kerak;
- JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini toʻldirish namunasi;
- Qurilish tashkilotlari JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini qanday toʻldirishi kerak.
![]()