Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Xalqaro tashkilot bilan shartnoma tuzilgan boʻlsa, rezidentlik sertifikati kerakmi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan хalqaro tashkilotlar yoki хorijiy banklar bilan tuzilgan ayrim хalqaro shartnomalarda Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarni soliqqa tortishdan ozod qilish qoidalari koʻzda tutilgan.
Bunday holda soliq rezidentligi sertifikatini taqdim etish zarurmi? Tegishli soliq imtiyozlarini qoʻllash uchun asos nima?
Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasining Xalqaro soliqqa tortishni administratsiyalash boshqarmasi Xalqaro soliqqa tortish boʻlimi boshligʻi Rano ALIShAYeVA javob berdi:
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Koʻrib chiqilayotgan holda soliq rezidentligi sertifikatini taqdim etish talab etilmaydi, chunki:
- bu yerda ikki tomonlama soliqqa tortishni oldini olish kelishuvlari emas, balki tegishli tashkilotlarga soliq immunitetini beruvchi koʻp tomonlama va ikki tomonlama хalqaro shartnomalar haqida soʻz bormoqda;
- хalqaro tashkilotlar aniq davlat rezidentlari emas va shunday deb tan olinishi mumkin emas. Masalan, XVJ, JTTB, YeTTB, ITB, XSRIK, OTB, XISMK, XTA va boshqalar;
- ushbu tashkilotlarni tuzish toʻgʻrisidagi tegishli kelishuvlarda a’zo davlatlar hududida daromadlar, aktivlar va operatsiyalarni soliqqa tortishdan ozod qilish qoidalari bevosita huquqiy asos qilib belgilangan boʻlishi mumkin.
Soliq imtiyozlarini qoʻllash quyidagi shartlar bajarilganda mumkin:
1) Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro tashkilot a’zosi boʻlishi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasining XVJ, JTTB, XTA, XMK, IKKTA kabi хalqaro tashkilotlarga a’zoligining huquqiy asoslari 02.07.1992 yildagi OʻRQ-621-XII-son Qonunda belgilangan;
2) tegishli kelishuv yoki хalqaro tashkilot nizomida soliq immuniteti haqida qoidalar mavjud boʻlishi.
Rezidentlik sertifikatini taqdim etish kerak boʻlgan yoki aksincha talab etilmaydigan koʻproq holatlarni tavsiyada oʻqing:
Buxgalter.uz tavsiya etadi:
![]()
