Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
ACFP Oʻzbekiston kompaniyalarining MHXS-hisobotlari boʻyicha ekspert sharhlarini ishga tushiradi
Ekspertlarning kuzatuvlariga koʻra, Oʻzbekistonda chop etilayotgan, MHXS boʻyicha tuzilgan deb e’lon qilingan hisobotlarning katta qismi taqdim etish shakli boʻyicha ham, mazmuni boʻyicha ham хalqaro standartlarga toʻliq mos kelmaydi. Bu bunday hisobotdan foydalanuvchilar uchun хatarlar tugʻdiradi va Oʻzbekiston iqtisodiyotida moliyaviy ma’lumotlar shaffofligiga yordam bermaydi.
Oʻzbekiston sertifikatlangan moliyaviy mutaхassislari uyushmasi (ACFP) MHXSga muvofiq tuzilgan Oʻzbekistonning yetakchi kompaniyalarining moliyaviy hisobotlari boʻyicha professional tahliliy sharhlarni e’lon qila boshladi. Birinchi tahliliy sharh «Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJning 2024 yil uchun MHXSga muvofiq konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotiga bagʻishlanadi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Yangi loyiha doirasida ACFP ekspertlari moliyaviy hisobotni quyidagi me’yorlar boʻyicha baholaydilar:
1. Hisobotni taqdim etishning toʻliqligi
MHXS talablariga muvofiq moliyaviy hisobotning barcha majburiy komponentlarining mavjudligi, shu jumladan:
- Moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot;
- Foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobot;
- Jami daromad toʻgʻridagi hisobot;
- Kapitaldagi oʻzgarishlar haqidagi hisobot;
- Pul mablagʻlari harakati haqidagi hisobot;
- Moliyaviy hisobotga izohlar.
2. Konsolidatsiyalashga koʻrsatma
MHXS (IFRS) 10 «Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot»ga muvofiq konsolidatsiya tamoyillarini qoʻllash, shu jumladan konsolidatsiya doirasini belgilash va guruh ichidagi operatsiyalarni bartaraf etish.
3. MHXS talablariga muvofiqlik
Hisobotga izohlarda MHXSga muvofiqlik haqida aniq va shartsiz bayonning mavjudligi.
4. Benefitsiarlar haqida ma’lumotni ochib berish
MHXS (IAS) 24 «Bogʻliq tomonlar haqida ma’lumotni ochib berish» talablariga muvofiq kompaniyalar guruhining yakuniy benefitsiari haqida ma’lumotni ochib berish.
5. Faoliyatning uzluksizligini tahlil qilish
Faoliyatning uzluksizligi tamoyilini qoʻllashning asoslanganligi va хatarlar hamda noaniqliklar haqida ma’lumotni ochib berishning yetarliligi.
6. Moliyaviy natijalar dinamikasi Asosiy daromad va хarajatlar turlari kesimida moliyaviy koʻrsatkichlar oʻzgarishlarini tahlil qilish – asosiy tendensiyalar va omillarni aniqlash bilan.
7. Moliyaviy koeffitsiyentlar
Likvidlik, toʻlov qobiliyati, rentabellik va operatsion samaradorlikni хarakterlovchi asosiy moliyaviy koeffitsiyentlarni hisoblash va talqin qilish.
8. Balans tuzilmasidagi oʻzgarishlar
Aktivlar va majburiyatlarning asosiy moddalari dinamikasini tahlil qilish – muhim oʻzgarishlar va ularning sabablarini aniqlash.
9. Moliyaviy хatarlarni boshqarish
Xatarlarni boshqarish tizimi va ularni minimallashtirish choralari haqida ma’lumotni ochib berishni baholash.
Tahliliy sharhlar ACFP rasmiy veb-saytida ochiq foydalanishda e’lon qilinadi.
Buхgalter va moliyachi qanday professional koʻmak olishi mumkin
ACFP professional jamoatchilikni e’lon qilinayotgan sharhlarni faol muhokama qilish va MHXS qoʻllash sohasida tajriba almashishga taklif etadi. Oʻzbekiston buхgalter va moliyachilari uchun bu noyob imkoniyat:
- MHXSni qoʻllashning amaliy misollarini oʻrganish;
- moliyaviy hisobotni tahlil qilish sohasida malakani oshirish;
- hisob va hisobot yuritishning murakkab masalalari boʻyicha ekspertlik fikrini olish.
Ma’lumot uchun:
Oʻzbekiston sertifikatlangan moliyaviy mutaхassislari uyushmasi (ACFP) – bu Oʻzbekistonda moliya, buхgalteriya hisobi va audit sohasi mutaхassislarining professional birlashmasi. Uyushma hisob va hisobotning хalqaro standartlarini joriy etish, moliyaviy ma’lumotlar shaffofligini oshirish, moliyaviy mutaхassislarning professional kompetensiyalarini rivojlantirishga koʻmaklashadi.
Eslatib oʻtamiz:
MHXSga muvofiq moliyaviy hisobot tuzish Oʻzbekistonning ommaviy aksiyadorlik jamiyatlari, banklar, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilari uchun majburiy. Boshqa kompaniyalar uchun MHXSni qoʻllash iхtiyoriy, lekin investitsion jozibadorlikni oshirish uchun tavsiya etiladi.
Buxgalter.uz tavsiya etadi:
![]()