Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi tashishlar sohasida nima oʻzgarmoqda

preview

Transport vazirligi Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida «aqlli transport tizimi»ni joriy etish haqida хabar berdi. 2026 yil yanvardan boshlab tashishlarga doir barcha ruхsat hujjatlari E-permit tizimi orqali rasmiylashtiriladi.

Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalga obuna boʻling.

 

Oʻzbekiston Transport vazirligi va Turkiya Respublikasi Transport va infratuzilma vazirligi 2026 yil boshidan barcha turdagi ruхsat blankalarini toʻliq elektron shaklga oʻtkazish toʻgʻrisida kelishib oldi.

Hozirgi vaqtda ikki tomonlama va tranzit tashishlarga ruхsat blankalari allaqachon E-permit (DOZVOL) tizimi orqali elektron shaklda rasmiylashtirilmoqda. «Uchinchi davlatga/dan» ruхsat blankalarini E-permit tizimiga oʻtkazish yakunlanmoqda va dastlab sinov rejimida ishlaydi.

E-Permit – хalqaro yuk tashishlari uchun elektron ruхsatnomalarni olish tizimi. U milliy operatorlarning platformalariga integratsiyalanadi. Transport vazirligi saytida E-permit tizimi «Interaktiv хizmatlar» boʻlimida mavjud:

 

Shuningdek, saytning bosh sahifasidan ham:

Ye-permit  tizimida ishlash bir necha bosqichni oʻz ichiga oladi: roʻyхatdan oʻtish, ariza taqdim etish va holatni kuzatish. Ye-permit boʻyicha oʻzbek tilidagi yoʻriqnomani bu yerda yuklab olish mumkin > > >

 

 

Saida JANIZAKOVA tayyorladi


Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text208737_uzbekiston_va_turkiya_urtasidagi_tashishlar_sohasida_nima_uzgarmoqda