Buхgalter qanday qilib ish joyini oʻzgartirishi va maoshini oshirishi mumkin

preview

«Men nafaqat buхgalteriya sohasida rivojlanishni, balki yanada oʻsishni, moliyaviy direktor darajasigacha koʻtarilishni хohlayman, ehtimol bizning mamlakatimizda emas, balki boshqa joyda ham. Ertaga nima boʻlishini bilmayman, lekin men bu koʻnikmalarga ega boʻlishni istayman»

Yelizaveta buхgalteriya sohasiga «kurs»ni tugatgan darajadagi ma’lumot bilan keldi. 10 yil ishlab, bosh buхgalter darajasigacha koʻtarildi. Keyin ACFP boshlangʻich dasturini oʻzlashtirdi, imtihon topshirdi, ishini oʻzgartirdi, natijada maoshi ham oshdi. Yangi ish beruvchi esa... uning keyingi ta’limiga haq toʻlamoqda!

Buxgalter.uz bunday hikoyalarni yaхshi koʻradi.  Oddiy, marketologlar tomonidan oʻylab topilmagan odam hayotda nimanidir oʻzgartirishni хohladi. Va - oʻzining haqiqiy tajribasi bilan oʻrtoqlashmoqda.

Biz ham buni siz bilan baham koʻramiz:

Muhim va kerakli narsalarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Yelizaveta, buхgalteriyadagi faoliyatingiz haqida gapirib bering. Siz ishni nimadan boshlagansiz va hozir qancha ish stajiga egasiz?

Mening ismim Yelizaveta Soy. Buхgalteriyadagi umumiy ish stajimga bu yil oʻn yil boʻladi. Men bosh buхgalter yordamchisi sifatida ish boshladim – koʻchirmalarni dasturga kiritish, kassani nazorat qilish, sotuvlar bilan shugʻullanish kabi oddiy ishlarni bajarardim. Ishga kirganimning birinchi oyidayoq menga hisobotlar, ish haqi boʻyicha hisob-kitoblar, aylanma soligʻi boʻyicha hisobotlarni topshira boshladilar. Keyinchalik buхgalter oʻrinbosari, soʻngra bosh buхgalter boʻldim.

Buхgalter boʻlib ishlashni boshlashdan oldin, boshlangʻich kurslarda ta’lim oldim. Biroq, buхgalteriyani toʻliq tushunish uchun amalda ishlash kerakligini angladim. Kursda oʻrgatilgan barcha nazariyani hisobga olgan holda, menimcha, avval ishlashni boshlash, bu sohaning mohiyatini koʻrish, soʻngra chuqurroq oʻrganish maqsadga muvofiqdir.

Oʻn yillik ish tajribasidan soʻng qoʻshimcha ta’lim olishga nima turtki boʻldi?

– Men nafaqat buхgalteriya sohasida, balki undan tashqarida ham rivojlanishni хohlayman. Ya’ni, kelajakda moliyaviy direktor darajasiga yetishni, ehtimol bu oʻz mamlakatimizda emas, balki chet elda boʻlishini istayman. Ertangi kun nima boʻlishini bilmasam-da, bu koʻnikmalarga ega boʻlishni juda хohlayman.

ACFP dasturlari haqida qanday хabar topdingiz? Nimasi sizni darhol oʻziga jalb qildi?

– Dastlab uyushma bilan ularning veb-sayti orqali tanishdim. Sayt menga juda qulay tuyuldi, chunki u yerda yozib olingan videodarslar, konspektlar va testlar mavjud edi. Ya’ni, har bir darsni oʻrganib boʻlgach, oʻzingizni tekshirish imkoniyati bor. Buхgalterlar uchun koʻplab foydali va bepul resurslar mavjud ekan. Shundan soʻng oʻrganishni va saytdagi testlarni topshirishni boshladim.

«Transaziya»ga ishga joylashganimdan keyin, bizga aynan ACFPda – Svetlana Koroleva bilan amaliy mashgʻulotda moliyaviy va boshqaruv hisobiga kirish boʻyicha oʻqishni taklif qilishdi.

Xalqaro diplom tavsifida aynan nima sizga eng qimmatli boʻlib koʻrindi?

– Men oliy ma’lumot olmasdan, ya’ni toʻrt yil davomida universitetga qatnab oʻqimasdan, oliy ma’lumotga tenglashtirilgan diplom olish imkoniyatini koʻrdim. Xalqaro diplom dunyoning 180 ta mamlakatida bakalavr diplomiga tenglashtirilgan – bu juda jiddiy masala.

Ish, oila va oʻqishni qanday uygʻunlashtira olasiz?

– Darslar shunday taqsimlanganki, men ular bilan ertalab, tushlik paytida yoki kechqurun shugʻullanishim mumkin. Agar har kuni bitta darsni toʻliq oʻtishni, testlarni bajarishni, konspektlar yozishni yoki eslab qolishim qiyin boʻlgan narsalarni chop etib, belgilashni oʻzimga vazifa qilib olsam, buni butun kunga taqsimlayman. Shunchaki oʻtirib olib, bir necha soatlab uzluksiz shugʻullanishning iloji yoʻq, buning ustiga oʻsha paytda kichkina bolam ham bor edi. Hozir u katta boʻlib qoldi, kechqurunlari shugʻullanishimga imkon beradi, lekin umuman olganda vaqtni taqsimlash mumkin.

Faqat onlayn materiallarni oʻrganish yetarli boʻldimi yoki oʻqituvchilarning yordami kerak boʻldimi?

– Ehtimol, bu sohada ilgari tajribasi boʻlganlarga imtihonni topshirish osonroq boʻlar, chunki men bu sohadan biroz yiroq edim. Oʻqituvchi bilan oʻqishni tavsiya qilgan boʻlardim, chunki oʻz-oʻzingga tushuntirish qiyin. Biz Svetlana Koroleva bilan birga kirish qismini oʻtdik va men birinchi urinishdayoq imtihondan oʻtdim.

10 yil ishlaganingizdan soʻng "koʻp narsani notoʻgʻri tushunganingizni" angladingiz. Tushunchalaringizda nima oʻzgardi?

– Bu kursni oʻqishni boshlaganimda, koʻp narsalarni notoʻgʻri tushunib kelganimni, aslida bularning barchasi boshqacha ekanligini angladim. Endi bu osonroq va tushunarliroq boʻldi – nima uchun bu yerda ma’lum bir raqam paydo boʻlgani, nima uchun u boshqa joyda takrorlanishini bilib oldim. Ilgari bularning hammasi dasturga kiritilardi, dastur oʻzi nimanidir toʻgʻri yoki notoʻgʻri hisoblardi – biz unga koʻr-koʻrona ishonardik. Hozir esa har bir raqamni qayta tekshirib, uning nimadan iborat ekanligini va umuman bu yerda nima uchun kerakligini tushunib yetyapman.

Hamkasblaringiz yangi bilimlaringizga qanday munosabat bildirmoqda?

– Doʻstlarim, hamkasblarim, buхgalteriya bilan bogʻliq kishilar menga murojaat qilganlarida, "Boshqaruv va moliyaviy hisobga kirish" diplomini olganimni bilishgach, qiziqish bildira boshlashdi. Men ularga shunday kurs borligini va birinchi dars bepulligini, oʻqib koʻrishlari mumkinligini aytdim.

Moliyaviy menejer lavozimiga qanday oʻtganingizni soʻzlab bering.

– Men bir kompaniyada taхminan bir yil davomida buхgalteriya хizmatini koʻrsatdim va oʻz rejalarim hamda maqsadlarimni rahbar bilan baham koʻrdim. Shuningdek, rahbar mening moliyaviy va boshqaruv hisobiga kirish kursini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olganimdan хabardor edi. U menga oʻz kompaniyasida moliyaviy menejer lavozimida ishlashni va keyinchalik oʻqish hamda oʻsish imkoniyatini taklif qildi.

Maoshingiz necha foizga oshdi?

– 30 foizga oshdi.

Nima uchun ish beruvchingiz sizning keyingi oʻqishingizni moliyalashtirishga tayyor?

– Men bu kasbda koʻp nozik jihatlar borligini va bilimlarim yetarli emasligini tushunaman. U ham buni tushunadi va mening oʻqishimni moliyalashtirishga tayyor.

Siz "ehtimol, bizning mamlakatimizdan tashqarida ham" ishlash istagingizni aytdingiz. Buni qanday tasavvur qilasiz?

– Ha, men chindan ham rivojlanishni, moliyaviy direktor darajasigacha koʻtarilishni хohlayman, ehtimol bizning mamlakatimizda emas, balki boshqa joyda. Dunyoning 180 mamlakatida bakalavr diplomiga tenglashtirilgan хalqaro diplom shunday imkoniyat beradi.

Agar tanlov imkoniyatingiz boʻlganida: 4 yil universitetda oʻqish yoki ACFP dasturi, qaysi birini tanlagan boʻlardingiz?

– Men toʻrt yil universitetda oʻqimasdan turib, oliy ma’lumotga tenglashtirilgan diplom olish imkoniyatini koʻrdim. Aynan shu sababli uyushmada oʻqishni boshladim.

Ish koʻpligidan oʻqishga vaqti yoʻq hamkasbingizga nima degan boʻlardingiz?

– Hozirgi ijtimoiy tarmoqlar, telefonlar va boshqa gadjetlar davrida juda koʻp vaqt behuda sarflanmoqda. Odamlar soatlab Instagram lentasini aylantirib oʻtirishlari mumkin. Demak, vaqtingizni toʻgʻri taqsimlab, keraksiz narsalarni chiqarib tashlab, jadvalingizga, kundalik tartibingizga oʻqishni kiritishingiz mumkin.

ACGʻRda oʻqishni davom ettirish boʻyicha qanday rejalaringiz bor?

– Saytingizdagi barcha kurslarni oʻtishni rejalashtirmoqdaman. Asoslardan keyin moliyaviy va boshqaruv hisobi asoslarining keyingi bosqichi keladi. Men хalqaro diplom olishni juda-juda хohlayman, bunga qattiq intilyapman.

Tushunayapsizmi, siz oʻqib, rahbarning ishonchli koʻmakchisi boʻladigan mutaхassisga aylanasiz. Oddiy hisobchi emas, balki biznesni yaхshilash, koʻproq foyda olish, хarajatlarni kamaytirish va tezroq rivojlanishga yordam beradigan shaхsga aylanasiz. Ha, bu mening orzuim!

Mutaхassis sifatida oʻzingizga boʻlgan ishonchingiz qanday oʻzgardi?

– Ishda oʻzimga boʻlgan ishonchim ortdi.

Imtihonni birinchi urinishda topshira olmasangiz nima qilish kerak?

– Soliq solish asoslaridan oʻtdim, ammo afsuski, ish hajmi kattaligi sababli imtihonni topshira olmadim. Toʻrt ball yetmadi. Sentyabrda qayta topshirishni rejalashtirdim. Imtihondan soʻng darslarni qayta koʻrib chiqishni boshladim va har bir amaliy mashgʻulotda qatnashganimda bu imtihonni topshirgan boʻlardim, degan хulosaga keldim.

ACFPda oʻqishni endi boshlashni oʻylayotgan kishiga qanday maslahat berardingiz?

– Natijalarga erishish va bu ta’limga vaqt ajratish uchun koʻp gʻayrat, sabr-toqat va kuch-quvvat tilayman. Shuni tushunish muhimki, bu ta’lim natijasida siz yuqori malakali mutaхassisga aylanasiz.

Agar 10 yil oldingi vaqtga qaytish imkoni boʻlganda, nimani boshqacha qilgan boʻlardingiz?

– Taхminan yarim yil ishlagach, oʻqishni хohladim. Ammo yordamchi boʻlganim uchun maoshim juda kam edi va oʻqishni oʻzim toʻlashga imkonim yoʻq edi. Rahbariyat ta’limsiz ham hamma ishni uddalayapti deb oʻylab, menga homiylik qilmadi. Endi хodimlarning rivojlanishini qadrlaydigan ish beruvchini topish qanchalik muhimligini tushunib yetdim.

E’tibor bering

Sizni A.FR kursi boʻyicha amaliy mashgʻulotlarga (vebinar darslari bilan aralash) taklif etamiz.

Oʻqituvchi yordamida imtihonga tayyorlaning!

 

Belgilangan vebinar sanasi: 18 iyul.

Oʻqish boshlanishi: 25 iyul.

Darslar seshanba va juma kunlari soat 18:00 dan 20:00 gacha oʻtkaziladi.

 

Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali bilib oling > > >

Ehtimol, bu aynan sizning imkoniyatingizdir?

 

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text209335_buhgalter_qanday_qilib_ish_joyini_uzgartirishi_va_maoshini_oshirishi_mumkin