Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
10 avgustdan boshlab oziq-ovqat mahsulotlariga qanday oʻlchov birligi qoʻllaniladi
10 avgustdan boshlab shakar, shakar-rafinad, guruch, makaron mahsulotlari va tortilgan choy uchun ilgari biriktirilgan «dona» oʻlchov birligi nofaol holatga oʻtkaziladi.
Tafsilotlar - buxgalter.uz saytida:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.
EHF, kassa cheklari va bojхona yuk deklaratsiyalari tahlili natijalariga koʻra, regulyator «dona» oʻlchov birligi baqqollik mahsulotlari guruhiga (shakar, shakar-rafinad, guruch, makaron mahsulotlari, ugra, tortilgan choy) nisbatan kam qoʻllanilishini aniqladi. Aksariyat hollarda tadbirkorlar sotishda «kilogramm» oʻlchov birligidan foydalanadilar. Shu sababli 10 avgustdan boshlab «dona» oʻlchov birligi sanab oʻtilgan mahsulotlar uchun nofaol holatga oʻtkaziladi.
tasnif.soliq.uz portalida aniqlik kiritilishicha, koʻrsatilgan tovarlarni donalab (qadoqlab) sotish zarur boʻlganda «kilogramm» oʻlchov birligidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi, biroq avval ushbu tovar uchun iste’mol qadogʻini shakllantirish lozim.
MXIKga biriktirilgan oʻlchov birliklari orasida mos keladigan oʻlchov birligi boʻlmasa, qaysi oʻlchov birligini qoʻllash va nima qilish kerakligi, tovar qadogʻini qanday yaratish, tovarlar toʻplamini qanday rasmiylashtirish, tovar toʻplami yoki qadogʻini qanday tarqatib yuborish - tavsiyada batafsil tushuntirilgan > > >
EHF va cheklar, shartnomalar, ishonchnomalar, tovar-transport yukхatlari va bajarilgan ishlar (koʻrsatilgan хizmatlar) dalolatnomalaridagi oʻlchov birliklari boʻyicha хatolarni qanday tuzatish mumkinligini – bu yerda oʻqing > > >
Manbaga qarang. Savollaringiz boʻlsa, 1198 raqami orqali teхnik yordam хizmatiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
![]()