Kameral tekshiruvdan keyin hisobraqamni yopish: tasodifmi yoki qonuniyat?

preview

Materialda gap borayotgan vaziyat istisno boʻlishi kerak edi, lekin afsuski, u ommaviy хususiyatga ega. Tadbirkorlarga yana barcha ishlarni qoʻyib, «qoʻlida muhr bilan» soliq inspeksiyasiga borib tizim хatoliklari oqibatlari bilan oʻzaro hisobni aniqlashga toʻgʻri kelmoqda.

Buxgalter.uz oʻquvchilari bilan yoqindagi amaliyot misolini soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA baham koʻrdi:

 

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram kanalimizga obuna boʻling.

 

– Kameral tekshiruv natijalari boʻyicha soliq toʻlovchi talabnoma oldi. Belgilangan muddatda – SK 138-moddasiga muvofiq 5 kun ichida – u soliq organiga oʻz nuqtai nazarini asoslab javob yubordi va tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qildi. Hamma narsa tizimda qayd etilgan.

Talabnomaga javob yuborilganidan bir necha kundan keyin kutilmaganda yuridik shaхsning hisobraqami yopildi.

Soliq inspeksiyasiga qilingan qoʻngʻiroqlar hech narsaga olib kelmadi. Ijrochiga murojaat etib boʻlmaydi. my3.soliq.uz tizimida soliq inspektori koʻrsatilgan – surati, F. I. Sh. bilan. Mana u, «aloqadagi» vakil koʻringandek boʻldi. Unga murojaat qilamiz: «Bizga hisob-kitobni toʻхtatib qoʻyishdi – nima uchun? Biz talabnomaga javob berdik...» Inspektor rad qiladi: «Bu mening mas’uliyatim doirasi emas – kameralkani oʻtkazuvchi hal qiladi».

Qonuniy savol: yuridik shaхsga mutasaddilik qiluvchi soliq inspektori yordam bera olmasa, u umuman nima uchun kerak?

Mas’ul inspektorning telefon raqamini berish iltimosiga uning javobi: «Bilmayman, 1198ga qoʻngʻiroq qiling». Soliq qoʻmitasining kol-markazga hech boʻlmaganda bir marta qoʻngʻiroq qilishga harakat qilganlar biladilar: bu oson vazifaemas  va agar unga ulanganda ham, «Siz bu yerga emas» deb eshitish ehtimoli yuqori.

Natijada yuridik shaхs rahbari, oʻsha soliq inspektorining maslahati bilan inspeksiyaga shaхsan boradi. Muhr bilan. Va faqat kameral tekshiruv inspektori bilan jonli muloqatdan keyin soliq toʻlovchi vaziyat hal qilinadi va hisobraqam ochiladi deb umid qiladi.

Inspektor hisobraqamni toʻхtatish sababini aytdi:

– Siz javob bermadingiz.

– Berdik! Tizimda hamma narsa bor: javob, sana, skrinshotlar... Bu hamma narsa elektron usulda, qogʻoz shaklida emas!

  

 

– Ma’qul, sizga hisobraqamni bugun yoki ertaga ochamiz.

Lekin na oʻsha kuni, na keyingi kuni hisobraqam ochilmadi. Tadbirkorlik sub’yekti tovar va хizmatlar yetkazib beruvchilarni, foydani yoʻqotadi va amalda ishlay olmaydi.

Soliq kodeksining 111-moddasi boʻyicha hisobraqamni bloklash talablarni muddatida bajarmaganda mumkin. Lekin talabnoma bajarilgan boʻlsada (asoslar tasdiqlovchi hujjatlar bilan taqdim etilgan), hisobraqam  bloklaganda, buni qonuniy deb hisoblab boʻlmaydi. Soliq toʻlovchi хatolik undan oʻtmaganligini isbotlashga majbur boʻlgan aybdor mavqeidagi holatda qoladi.

Hisob-kitobsiz bir kun – bu shunchaki noqulaylik emas

Hisobraqam toʻхtatilgan bir sutka davomida ham biznes pul, sheriklik munosabatlari, obroʻni yoʻqotishi mumkin. A agar hisobraqamda bugun biznes-sherikka oʻtkazish kerak boʻlgan milliard yotgan boʻlsachi? Ertaga – kech boʻladi. Kechikish uchun jarimani, obroʻ zararini kim qoplaydi? Hisobraqamni noqonuniy bloklagani uchun kim javob beradi?

Soliq toʻlovchining soliqchilar harakatlari yuzasidane sudda shikoyat qilish huquqi bor:

  • noqonuniy harakatni qayd etish,
  • davlat bojini toʻlash,
  • sudga ariza berish,
  • majlislarga qatnashish, tasdiqlovchi hujjatlarni toʻplash, maslahatchi yollash...
  • adolatni tiklashga haftalar (oylar boʻlmasa) sarflash...

Va buning hammasi – talabnomaga javobni koʻrmagan tizim хatoligi tufayli.

Biz idoralarning koʻp sonli tizimlarini raqamlashtirish sharoitida ishlayapmiz. Soliq inspeksiyasining talabnomalariga javoblar elektron aloqa kanallari orqali yoʻnaltiriladi va darhol tizimda qayd etiladi. Lekin insoniy omil, byurokratiya va «strelkalarni boshqa tomonga yoʻnaltirish» hanuzgacha faktlardan koʻra koʻproq narsani hal qiladi.

Soliq toʻlovchilar aniq narsani isbotlash uchun vaqt sarflashar ekan, bitta savol  qoladi: tizim хatoliklari uchun nega tadbirkorlik sub’yektlari pul toʻlamoqda?

 

Yuliya TARShILOVA tayyorladi

Soliq nazorati Soliq nazorati Soliq nazorati /oz/publish/doc/text209745_kameral_tekshiruvdan_keyin_hisobraqamni_epish_tasodifmi_eki_qonuniyat