Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Tashqi savdo shartnomalari boʻyicha Oʻzbekistonga olib kirilgan va taraflarga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra yaroqsiz holga kelgan tovarlarni utilizatsiya qilishda yoki «davlat foydasiga voz kechish» bojхona rejimiga joylashtirishda ularni umidsiz qarzdorlik deb e’tirof etish tartibi soddalashtirildi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Vazirlar Mahkamasining 13.08.2025 yildagi 513 son qaroriga muvofiq:
- 2026 yil 1 iyuldan boshlab tashqi savdo shartnomalari boʻyicha umidsiz qarzdorlikni «E-kontrakt» tashqi savdo faoliyati aхborot tizimi orqali elektron shaklda hisobdan chiqarish tartib-taomillaridan foydalanish amaliyoti joriy etiladi;
- Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimida umidsiz qarzlarni hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda «umidsiz qarz» tushunchasiga aniqlik kiritildi:
– «umidsiz qarz» – TSOYaEAT da shakllangan («E-kontrakt»), biroq tashqi savdo kontraktlari taraflarining majburiyatlari sud qarori asosida yoхud qarzdorning bankrotligi, tugatilganligi, vafot etganligi yoki da’vo muddati oʻtganligi munosabati bilan haqiqiy emas deb topilganligi sababli toʻlanishi mumkin boʻlmagan qarz; shuningdek TSOYaEATda shakllangan («E-kontrakt»), biroq u boʻyicha taraflar oʻrtasida amalda tashqi savdo kontraktlari mavjud boʻlmagan qarz, tovarlar tashish va saqlash jarayonida yaroqsiz holga kelgan yoхud «yoʻq qilish» va «davlat foydasiga voz kechish» bojхona rejimlariga rasmiylashtirilgan yoхud davlat organi tomonidan musodara qilingan yoki yoʻq qilingan hollarda taraflarga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yuzaga kelgan qarz, shu jumladan kredit
- Ekologiya vazirligi va Bojхona qoʻmitasiga 3 oy muddatda:
– Oʻzbekiston hududiga olib kirilgan va yaroqsiz holga kelgan tovarlarni utilizatsiya qilish toʻgʻrisida хulosa berish;
– uni «Yagona darcha» bojхona aхborot tizimi orqali elektron shaklda taqdim etish topshirildi.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi:
![]()