Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Prezidentning 15 sentyabrdagi «Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-282-son qarori bilan yangi tizimli islohot boshlanadi.
Hujjat 2025 yil dekabr oyida kuchga kiradi. Asosiy oʻzgarishlar – buxgalter.uz sharhida:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
- 2026 yil 1 yanvardan Iqtisodiyot va moliya vazirligi gov.uz va data.egov.uz platformalarida Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarning elektron reyestrini yuritadi.
Bu toifaga faoliyat turi va (yoki) aktivlar miqdori boʻyicha yuqori ijtimoiy/iqtisodiy ta’sir va keng doiradagi manfaatdor tomonlarga ega tadbirkorlik sub’yektlari kiritiladi.
Reyestrga kiritilgan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan boshlab korxonalar MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritishni joriy etishni tashkil etishga majbur. Navbatdagi (ikkinchi) yil yakuni boʻyicha esa – MHXS talablariga muvofiq moliyaviy hisobotni tuzadi va uni auditorlik xulosasi bilan birga e’lon qiladi (MHXS ga oʻtishning ilgarigi muddatlari nazarda tutilgan yuridik shaxslardan tashqari).
- Hisobot yilida MHXS ga ixtiyoriy ravishda oʻtish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kompaniyalar keyingi hisobot yilining 1 martigacha soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlariga tegishli xabarnomani – MHXS ga oʻtish sanasini koʻrsatgan holda yuboradi.
- 2025 yil sentyabrdan tadbirkorlik sub’yektlari MHXS ni birinchi marta qoʻllashda MHXS asosida moliyaviy holat toʻgʻrisidagi dastlabki hisobotda oldingi solishtirma davrning kamida bitta sanasiga solishtirma ma’lumotlarni ochib berishi mumkin.
- MHXS talablariga muvofiq konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzuvchi yuridik shaxslar MHXS asosida alohida moliyaviy hisobotni ham tuzadi.
- 2026–2028 yillarda xalqaro buxgalterlar sertifikatsiyasi doirasida imtihonlarni ("MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot", "Axborot ishonchliligini tasdiqlash boʻyicha audit va xizmatlar", "Xalqaro moliyaviy hisobot boʻyicha diplom (ACCA DipIFR)" va boshqa fanlar boʻyicha) muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarga davlat tomonidan dastlabki roʻyxatga olish va imtihon topshirish xarajatlari qoplanadi.
- 2025 yil noyabr oyidan boshlab tartibga soluvchi ERP (korxona resurslarini rejalashtirish) tizimlari va buxgalteriya dasturiy ta’minotida MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot shakllarini avtomatik toʻldirish mexanizmlarini joriy etishni boshlaydi.
- 2026 yil yanvar oyiga MHXSga muvofiq moliyaviy hisobotning standartlashgan shakllari, shu jumladan konsolidatsiyalashgan hisobot, shuningdek MHXSga moslashtirilgan namunaviy hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha koʻrsatma ishlab chiqish rejalashtirilgan.
- Sugʻurta tashkilotlarini MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzishga oʻtkazish qismida:
– Sugʻurta zaxiralarini shakllantirish va sugʻurtachilar (qayta sugʻurtachilar) toʻlash layoqatini aniqlash uslubiyati "Solvency II" normalariga muvofiq keltiriladi. Tegishli NHH loyihasi 2026 yil dekabrga rejalashtirilgan;
– soliq va boshqa qonunchilik turlari sugʻurta tashkilotlari uchun qoʻllaniladigan MHXSga muvofiq keltirish maqsadida qayta koʻrib chiqiladi.
- 2025 yil dekabr oyigacha "Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot toʻgʻrisida"gi Qonunning yangi tahriridagi loyihasi paydo boʻlishi kerak.
- 2025 yil dekabrda 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son qarorning ayrim normalari kuchini yoʻqotadi. Xususan – aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yuridik shaxslar – yirik soliq toʻlovchilarga 2021 yildan MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish talabi, shtatda xalqaro sertifikatli (ACCA, CIPA, CPA, DipIFR) kamida 3 nafar mutaxassis boʻlishi talabi.
- Moliyaviy hisob tizimini xalqaro standartlarga muvofiq keltirish qismidagi yangiliklar va nazorat sanalarini "Yoʻl xaritasi" (qarorga 2-ilova) oʻz ichiga oladi.
Buxgalter.uz tavsiya etadi
![]()