Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
QHTBTda Milliy statistika qoʻmitasi qarori loyihasi – 2026 yil uchun 50 ta statistika hisoboti shaklini tasdiqlash muhokama qilinmoqda. E’lon qilingan maqsad – respondentlarga yuklamani kamaytirish va takrorlanuvchi koʻrsatkichlar sonini qisqartirish.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Qaror loyihasi bu yerda joylashgan > > >
Unga oid izoh va takliflar 1 oktyabrgacha qabul qilinadi.
Bunda ishlab chiquvchi 2026 yil uchun statistika hisoboti shakllarini (oʻzgartirishlar bilan) tizimga yuklamagan. Ular ushbu havola orqali joylashtirilgan > > >
«Oʻz» shakllarini qoʻmita saytidan yuklab olish va batafsil koʻrib chiqish mumkin. Gap quyidagi hisobotlar haqida bormoqda:
|
Statistika boʻlimi |
Qanday hisobot shakllari yangilanadi |
|
Investitsiyalar va qurilish statistikasi |
1 invest (asosiy), 1 qurilish (jismoniy), 4 invest (asosiy), 4 invest (xorijiy), 4 qurilish (jismoniy) |
|
Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi |
1 bozor (savdo joyi) |
|
Tarmoqlar statistikasi |
4 sanoat (mahalliylashtirish), 4 sanoat (metall), 1 sanoat (suv quviri, kanalizatsiya, issiqlik), 1 energiya (ishlab chiqarish), 1 energiya (tarmoq), 1 energiya (yetkazish), 1 energiya (sarflash) |
|
Qishloq хoʻjaligi va ekologiya statistikasi |
1 eko (qo'riqxona), 1 fx Yuklab olish, 1 o'x (o'rmon), 1 ox (ovchilik), 1 qx (tashkilot), 3 pilla, 4 daftar, 4 dx, 4 fx |
|
Demografiya va mehnat statistikasi |
1 hudud, 4 mehnat, 1 ih |
|
Xizmatlar sektori statistikasi |
1-kom (shahar), 1-kom (kvartira), 1-uy-joy, 1 kom (ichimlik suvi), 4-transport, 1-temir yo'l (umumfoydalanmaydigan), 1-havo yo'llari, 1 akt |
|
Ijtimoiy soha statistikasi |
1-umumta'lim, 1-o'rta ta'lim, 1-oliy ta'lim, 1- ta'lim (maktabdan tashqari), 1-internat (shakli), 1-madaniyat (bog'lar), 1-turizm, 1-pensiya, 1-ijtimoiy yordam (shakli), 1-nogironlik (shakli), 1-tib (aholi) (shakli), 1-nnt (shakli), 1-notijorat (shakli) |
|
Biznes muhit kuzatuvlari, tadbirkorlik rivoji statistikasi |
1 moliya, 1 korxona, 4 moliya, 12 korxona |
|
Ilovalar |
1 korxona (tif) (12 korxona shakliga ilova), 1 korxona (eko) (12 korxona shakliga ilova), 12--korxona (savdo) (12 korxona shakliga ilova), 12-korxona (sanoat) (12 korxona shakliga ilova), 12-korxona (xizmat) (12 korxona shakliga ilova), 4 miz (12 korxona shakliga ilova) |
Eslatib oʻtamiz
Faoliyat turi va soliq rejimidan qat’i nazar, barcha yuridik shaхslar va tadbirkorlar statistika hisobotini taqdim etadilar.
Aynan siz qanday statistika hisoboti shakllarini taqdim etishingiz kerakligini bilish va statistika boʻyicha muvaffaqiyatli hisobot berish toʻgʻrisida tavsiyamizda oʻqing > > >
Buxgalter.uz tavsiya etadi
![]()