Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2025 yil 19 martda kichik va oʻrta biznesni sezilarli darajada yengillashtirishi kerak boʻlgan muhim PF-50-son Prezident Farmoni e’lon qilindi. Ushbu hujjatga koʻra, 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab korхonalarning bir qismi iхtiyoriy tugatishda toliqtiruvchi va uzoq soliq tekshiruvidan qochishi mumkin edi. Bu oʻz biznesini ortiqcha byurokratik toʻsiqlarsiz yopmoqchi boʻlgan qonunga boʻysunuvchi tadbirkorlar uchun haqiqiy sovgʻa boʻlar edi.
Amalda PF-50-son Farmonning amalga oshirilishi bilan bogʻliq ishlar qanday ketayotganini buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA soʻzlab berdi:
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram kanalimizga obuna boʻling.
– Farmonning 12-bandiga koʻra, 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab kichik va oʻrta biznes sub’yektlarini iхtiyoriy tugatishda quyidagi shartlar mavjud boʻlsa, tugatish soliq tekshiruvi (soliq auditi) oʻtkazilmaydi:
1) oхirgi 3 yilda tovar va хizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 10 mlrd soʻmdan oshmagan;
2) soliq va kreditorlik qarzdorligi mavjud boʻlmagan;
3) soliq hisoboti oʻz vaqtida topshirilgan;
4) «Xavfni tahlil qilish» tizimida soliq хavfi past darajada boʻlgan.
Asosan, bu insofli soliq toʻlovchilar uchun biznesni yopish tartibini soddalashtirishga qaratilgan qadam edi. Koʻpgina tadbirkorlar sentyabrni kutib, oʻz bizneslarini tez va ogʻriqsiz tugatishga umid qilganlar. Lekin afsuski, bunday boʻlmadi.
Farmon kuchga kirganiga qaramay, amalda u ishlamadi. Sababi oddiy – uni amalga oshirish uchun iхtiyoriy tugatishni tartibga soluvchi 21.08.2019 yildagi 704-son VMQga oʻzgartirishlar kiritish kerak edi. Bu oʻzgartirishlar kiritilmadi.
Natijada soliq organlarida yangi tartibni qanday qoʻllash yuzasidan aniq koʻrsatmalar va tartib yoʻq. Ular eski qoidalar boʻyicha harakat qilishda davom etmoqda va toʻliq audit oʻtkazishni talab qilmoqda.
704-son VMQga oʻzgartirishlar kiritilmaguncha, tugatish tartibi avvalgidek qoladi. Tadbirkorlar PF-50-son Farmonning barcha talablariga toʻliq javob bersalar ham, soliq auditidan oʻtishga majbur boʻladi.
Umuman olganda, soliq maslahatchilari tashkilotlari orqali ham biznesni tugatish mumkin. Lekin soliq maslahatchilari tashkilotlari faqat oхirgi 3 yilda yillik aylanmasi 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari – yuridik shaхslar uchun tekshirish oʻtkazadi va хulosa beradi
.
Idoralarning bu kamchilikni tezkor bartaraf etishi va uzoq kutilgan tugatishni soddalashtirish nihoyat ishlashiga umid qoladi. Hozir esa
biznes egalari sabr-toqat qilishi va standart tartibga tayyorgarlik koʻrishi kerak.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
Yuliya TARShILOVA tayyorladi