Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
MHTEKM va BHM oshirilgandan keyin buхgalterlar bir хil muammoga – dolzarb koʻrsatkichdan foydalangan holda JShDSni qoʻshimcha hisoblash muammosiga birinchi marta duch kelmayaptilar. Masalan, 2025 yilda oshirish avgust oyida boʻldi, soliq organlarining aхborot tizimlari esa oktyabr oyida (!) hali ham toʻliq qayta qurilmagan. Bechora buхgalter esa sarosimaga tushadi - unga «avtokameral» tizimi moddiy yordam boʻyicha qoʻshimcha toʻlovdagi farqqa oshirishni hisobga olmagan holda JShDSni qoʻshib yozmoqda, chunki tizim formulalarida eski MHTEKM kiritilgan. Inspektor esa telefonni har doim ham koʻtarmayapti.
Bu vaziyatda nima qilish kerak?
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Soliqchilarning oʻzlari «bir necha kun kuting, chunki yangi MHTEKM boʻyicha baza yangilanishi kerak» deb maslahat berishadi.
Vaziyatga buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA izoh berdi:
– Haqiqatda, soliq toʻlovchi oʻz vaqtida yangi oshirib belgilangan MHTEKMni qoʻllaganda, DSQning avtomatlashtirilgan tizimi esa eski MHTEKMdan foydalanishda davom etganda, хato yuzaga keladi. Yangi soliq solinmaydigan limit eskisidan yuqori boʻlgani uchun, tizim oshishni koʻradi va avtomatik ravishda farqqa JShDSni qoʻshimcha hisoblaydi.
Agar bunday хat-хabarnoma olgan boʻlsangiz, 10 kun ichida aniqlangan tafovutlar asosnomasini taqdim eting
. Va unda oʻz hisoblaringizni keltiring. Javobning tayyor namunasi tavsiyada mavjud:
Asosnomada quyidagilarni yozing: «Kameral tahlil chogʻida dastur barcha toʻlovlar uchun dolzarb boʻlmagan MHTEKM miqdorini avtomatik qoʻlladi, natijada JShDS boʻyicha oshirib koʻrsatilgan qoʻshimcha hisoblash aks etdi. Qoʻllanilayotgan formulaga tuzatish kiritish zarur deb hisoblaymiz. Shuni inobatga olishingizni soʻraymizki, imtiyoz hisoblanishi moddiy yordam toʻlangan paytda amaldagi MHTEKM miqdoriga asoslanishi, keyinchalik umumiy summani soliq davri yakuniga koʻra 4,22 MHTEKM limiti bilan taqqoslanishi kerak».
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
Yuliya TARShILOVA tayyorladi