PQ-296-son qaror boʻyicha chakana savdoda nimalar oʻzgarmoqda

preview

Raqamli markirovkalash tizimi muddati oʻtgan markirovkalangan tovarlar savdosini avtomatik ravishda cheklaydi. Bunday tovarlarga tovar chekini nazorat-kassa texnikasi orqali chop etib boʻlmaydi. Va muddati oʻtgan yoki zarur boʻlgan hollarda koʻrsatilmagan yaroqlilik muddati bilan har qanday tovar savdosi uchun jarimalar 3 barobar oshadi.

Prezidentning 06.10.2025 yildagi «Iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-296-son qarorida nazarda tutilgan bu va boshqa choralar haqida – buxgalter.uz sharhida oʻqing:

Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

2026 yil 1 martdan boshlab muddati oʻtgan markalangan tovarlar savdosiga cheklovlar «Asl belgisi» tizimi orqali joriy etiladi.

 

  • 2025 yil 15 oktyabrdan 2027 yil 1 yanvargacha tajriba tariqasida iste’molchilar murojaatlarini koʻrib chiqish va nazorat xaridlarini amalga oshirishni nodavlat notijorat tashkilotlari bajaradigan tartib joriy etiladi. Buning uchun jalb qilingan NNT xodimlari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi qoshidagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlarini tadqiq etish markazining oʻquv kurslarini tamomlagani haqida maxsus sertifikatga ega boʻlishi kerak.
  • 2025 yil 1 dekabrdan boshlab «iste’molchi – tadbirkor – NNT –davlat organi» tizimi joriy etiladi. Iste’molchilarning barcha murojaatlari Soliq qoʻmitasining yagona axborot tizimi bilan integratsiyalashgan «Iste’molchi murojaati» axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
  • 2025 yil 1 noyabrdan boshlab sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirish maqsadida akkreditatsiyalangan laboratoriyalarda oʻtkaziladigan barcha sinovlar bayonnomalari «E-akkreditatsiya» axborot tizimining «E-laboratoriya» moduli vositasida elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Shuningdek, bunday xulosalar rasmiylashtirilgan oziq-ovqat tovarlarining yagona onlayn reyestri yaratiladi.

 

Jarimalar haqida...

Bugungi kunda muddati oʻtgan tovarlarni realizatsiyalashga qabul qilish va sotish, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati majburiy boʻlgan tovarlarni ularsiz sotish fuqarolarga BHMning 3-10 baravari (1 236 000–4 120 000 soʻm), mansabdor shaxslarga esa – BHMning 7-10 baravari (2 884 000–4 120 000 soʻm) miqdorida jarima solish bilan huquqbuzarlik predmetlarini musodara qilish bilan jazolanadi .

Oshganidan keyin jarimalar miqdori mos ravishda jismoniy shaxslar uchun BHMning 9-30 baravari (3 708 000–12 360 000 soʻm) va mansabdor shaxslar uchun BHMning 21-30 baravari (8 652 000–12 360 000 soʻm)ni tashkil etishi kerak. Lekin bu faqat MJtKga tegishli tuzatishlar kiritilgandan keyin sodir boʻladi. Bu toʻgʻrida qonun loyihasini tayyorlash uchun 2 oy ajratilgan.

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text211050_pq-296-son_qaror_buyicha_chakana_savdoda_nimalar_uzgarmoqda