Markirovkalangan tovarlarning EHFni shakllantirishda markirovka kodi aks etmasa

preview

2025 yil 1 sentyabrdan boshlab majburiy raqamli markirovkalanishi kerak boʻlgan mahsulotlarni sotishda markirovka kodisiz EHF rasmiylashtirish taqiqlanadi . Agar хodimlaringiz e’tiborsizlik qilib, markirovka kodi aks etganini tekshirmasdan EHF rasmiylashtirsalar yoki markani skanerlamasdan chek chiqarsalar, jiddiy muammolar kelib chiqishi mumkin.

Buxgalter.uz eslatib oʻtadi:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.

 

Majburiy markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlar bilan ishlashning asosiy qoidasini esda tuting: agar tovar markirovkalangan boʻlsa, u oʻzining noyob markirovka kodi koʻrsatilgan holda muomaladan chiqarilishi shart.

Shu sababli, ish jarayonida markirovkalangan tovarning barcha zaruriy identifikatorlari toʻgʻri aks ettirilganini tekshiring:

  • kodni koʻrsatmasdan EHF rasmiylashtirmang;
  • markani skanerlamasdan onlayn-NKM chekini chiqarmang.

Agar buni nazorat qilmasangiz, marka tizimda hisobdan chiqarilmaydi va mahsulot sotilmagan holda hisobingizda qoladi.

Bu belgilangan markirovkalash qoidalarining toʻgʻridan-toʻgʻri buzilishidir, chunki tovar sotilgan, ammo tegishli ravishda muomaladan chiqarilmagan. Bunday qoidabuzarlik uchun Soliq kodeksining 227-1-moddasiga asosan sotish amalga oshirilgan oхirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi miqdorida jarima belgilanadi.

 

Ehtiyot choralari: хodimlarni tekshiring va yoʻriqnoma bering: 

1. Kassada qat’iy nazorat oʻrnating

Kassirlarni yana bir bor ogohlantiring: markirovkalangan tovarlarni sotishda ular onlayn-NKMda markirovka kodlarini albatta skanerlashlari shart.

2. EHFni toʻldirishda tekshirish

Markirovkalangan tovarlarga EHF tuzayotganda hujjatda doimo tegishli markirovka kodlari koʻrsatilganligiga ishonch hosil qiling.

Har bir amaliyotda hushyor va e’tiborli boʻling!

 

Yuliya TARShILOVA tayyorladi


Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text211084_markirovkalangan_tovarlarning_ehfni_shakllantirishda_markirovka_kodi_aks_etmasa