Huquqiy noaniqlik sharoitida ortiqcha «yashil energiya»ni qanday sotish mumkin

preview

Oʻzbekistonda koʻplab jismoniy shaxslar oʻzlariga quyosh panellari oʻrnatib, ortiqcha elektr energiyasini tarmoqqa sotishga harakat qilmoqda. Lekin amalda ular jiddiy huquqiy toʻsiqlarga duch kelmoqda. Vaziyat normativ jihatdan tartibga solinmagan.

Buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA vaziyatni sharhlab berdi:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– «Hududiy Elektr Tarmoqlari» AJ va uning filiallari jismoniy shaxslardan elektr energiyasini sotib olishda quyidagilarni talab qiladi:

1. Tijorat bankida «20218...» raqamlari bilan boshlanuvchi hisobvaraq ochish. Lekin «20218...» hisobvaraqlari – bu yakka tartibdagi tadbirkorlar, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi boshqa toifadagi jismoniy shaxslarning soʻmdagi hisobvaraqlaridir. Hatto oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga ham koʻpincha bunday hisobvaraqni ochishdan bosh tortishadi. Bank xodimlari ularga: «Sizning har qanday soʻm kartangiz – bu sizning hisobingiz, u orqali toʻlovni qabul qiling» deb xabar berishadi.

Talab asossiz va chalgʻituvchi deb hisoblayman.

2. EHFni elektron hujjat aylanishi tizimi orqali rasmiylashtirish.

Oʻzbekistonda jismoniy shaxslar yuridik shaxslarga EHF taqdim etmaydilar, buning uchun ular yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki hech boʻlmaganda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar boʻlishi kerak. Biroq «Elektr energiyasi xizmatlari» faoliyat turi rasman YaTTlar  va oʻzini oʻzi band qilganlar  uchun nazarda tutilmagan.

Natijada jismoniy shaxslar EHF yuborish va pul mablagʻlarini olish imkoniyatiga ega boʻlishlari uchun oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning har qanday faoliyat turiga soxta roʻyxatdan oʻtishga majbur boʻlmoqdalar. EHFda tanlangan faoliyat turiga zid boʻlsa-da, «09905001001000000 – Elektr energiyasi xizmatlari» MXIK koʻrsatiladi.

 

Bu vaziyatda nimalarni tavsiya etish mumkin?

Birinchidan, jismoniy shaxsning elektr energiyasini sotishdan oladigan daromadini aniqlash kerak, deb hisoblayman.

Soliq kodeksida daromadlarning 4 turi belgilangan: mehnatga haq toʻlash shaklidagi, moddiy naf tarzidagi, mulkiy daromadlar va boshqalar. Ehtimol, bu daromadni istisno tariqasida boshqa daromadlar qatoriga kiritamiz, chunki u alohida qayd etilmagan . Bu holda unga 12 foizlik stavka boʻyicha JShDS solinishi kerak.

Tegishincha, «Hududiy Elektr Tarmoqlari» AJ oʻzini oʻzi band qilganzini oʻzi band qlarik.nishi kerak.gan (ki ularda bunday faoliyat turlari mavjud emas, balki - jismoniy shaxs bilan JShDSning 12 foizini ushlab qolgan holda DXSh shartnomasini tuzishi kerak.

Shuningdek, ushbu jismoniy shaxsdan hisobvaraq-fakturani talab qilmaslik mumkin emas, chunki YaTT/oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtmagan jismoniy shaxslarga EHFni yuborishning texnik imkoniyati mavjud emas.

 

Shunday qilib, aholidan ortiqcha elektr energiyasini sotib olish uchun huquqiy maydon yaratish va shu orqali elektr ta’minoti bilan bogʻliq vaziyatni yanada yaxshilash, «yashil energetika»ni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

1) davlat organlariga:

– jismoniy shaxslarning elektr energiyasini sotishdan olingan daromadlariga soliq solish tartibi toʻgʻrisida tushuntirish tayyorlash;

– jismoniy shaxslar tomonidan elektr energiyasini sotish mexanizmini ishlab chiqish va SK va boshqa qonun hujjatlarida mustahkamlash;

– bunday bitimlarning soliq va hisobot jihatlariga yagona yondashuvni ishlab chiqish;

– jismoniy shaxslar tomonidan YaTT/oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtmasdan elektr energiyasini qonuniy sotish uchun tegishli MXIKni joriy etish;

2) «Hududiy Elektr Tarmoqlari» AJ:

– jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarning ichki tartib-qoidalarini qayta koʻrib chiqish.

– jismoniy shaxslar bilan FHT shartnomalarini tuzish, JShDSni ushlab qolish va hisobotda aks ettirish.

 

 Yuliya TARShILOVA tayyorladi


Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text211204_huquqiy_noaniqlik_sharoitida_ortiqcha_yashil_energiyani_qanday_sotish_mumkin