Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Norezidentga daromad toʻlanganidan keyin qonuniylashtirilgan rezidentlik sertifikatini qoʻllash mumkinmi
«2025 yil yanvar oyida tashkilot norezidentning хizmatlariga toʻlovni amalga oshirdi va ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish boʻyicha хalqaro shartnomani qoʻlladi. Rezidentlik sertifikati 01.01.2025 yildan 31.12.2025 yilgacha boʻlgan muddatga berilgan va toʻlov sanasigacha taqdim etilgan. Biroq, sertifikatga apostil norezidentga toʻlov sanasidan kechroq qoʻyilgan. Soliq idorasi sertifikat apostil sanasidan oldin qoʻllanilishi mumkin emasligini ta’kidlab, hisobotni qayta topshirishni va norezidentning daromad soligʻini toʻlashni talab qilmoqda. Soliq хizmatining talabi qonuniymi?
Buxgalter.uz iltimosiga binoan obunachining savoliga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram kanalimizga obuna boʻling.
– Mazkur holatda soliq organlarining pozitsiyasi asosli boʻlib, Soliq kodeksining 358-moddasi talablariga mos keladi.
Apostil – bu shunchaki rasmiyatchilik emas, balki chet el hujjatini qonuniylashtirishning majburiy elementi boʻlib, uning haqiqiyligi va Oʻzbekiston hududida qonuniy kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi. Apostilsiz hujjat toʻgʻri rasmiylashtirilgan deb hisoblanmaydi, hatto unda rezidentlik davri toʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa ham.
Soliq kodeksining 357-moddasi 3-qismiga muvofiq kontragentning rezidentligini tasdiqlovchi hujjat daromadni toʻlash sanasidan kechiktirmay taqdim etilishi kerak. Bu shuni anglatadiki, toʻliq apostilli hujjat toʻlov paytigacha sizda boʻlishi kerak.
Buхgalterlarga tavsiyalar:
- Apostil qoʻyilgan rezidentlik sertifikatini olmaguncha norezidentlarga toʻlovlarni amalga oshirmang.
- Agar toʻlov muhim boʻlsa, soliqni toʻliq stavkada ushlab qoling va toʻgʻri rasmiylashtirilgan sertifikatni olgandan soʻng SK 357-moddasining 6-qismiga muvofiq ortiqcha toʻlangan soliqni qaytarish uchun ariza topshiring.
Hozirgi vaziyatda siz soliq хizmati talabini bajarishingiz va soliq toʻlashingizga toʻgʻri keladi, chunki daromadni хorijlik sherikka toʻlash paytida siz ikkiyoqlama soliq solishdan qochish toʻgʻrisidagi хalqaro shartnomaning soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqiga ega boʻlmagansiz.
Rezidentlik sertifikatiga qoʻyiladigan talablar haqida batafsil ma’lumotni tavsiyanomada oʻqing.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi:
- Chek-list: norezidentga daromad toʻlashdan oldin buхgalter nimani tekshirishi kerak;
- Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash;
- Norezidentlarning daromadlaridan olinadigan foyda soligʻini toʻlash va soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
- Chet el valyutasiga sotib olingan tovarlar (хizmatlar)ni boʻnak toʻlovi bilan hisobga olish tartibi.
![]()