Ijara shartnomasida ijara toʻlovining eng kam stavkalarini koʻrsatish kerakmi

preview

Vaziyat: ijaraga beruvchi – QQS toʻlovchi QQSni hisoblashda ijara toʻlovining eng kam stavkalarini hisobga olgan holda ofis binolarini ijaraga beradi. Ijara shartnomasida ularni koʻrsatish kerakmi?

Buxgalter.uz tushuntiradi:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– QQS boʻyicha soliq bazasi bitimning shartnoma taraflari tomonidan belgilangan narхidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi . Biroq, agar bitimning narхi tovarlarning (хizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori boʻlsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli. Bunda soliq toʻlovchi bitimning narхi bozor narхlariga muvofiqligini va soliq solishdan boʻyin tovlashga qaratilmaganligini asoslab bergan holda bunday qaror yuzasidan nizolashishga haqli . Shundan kelib chiqib, QQSni hisoblashda ijaraga beruvchiga koeffitsiyentlar va binoning toifasini (faoliyat turini) hisobga olgan holda ijaraning eng kam stavkalarini hisobga olish tavsiya etiladi.

Lekin ijara shartnomasida ijara haqining eng kam stavkalarini koʻrsatish shart emas, chunki ijara haqi ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan koʻrsatiladi. Ijara toʻlovining eng kam stavkalari esa faqat ijaraga beruvchining daromadlariga soliq solish maqsadida qoʻllaniladi .

Koʻchmas mulkni ijaraga berishda QQSni hisoblashning barcha nozik jihatlari tavsiyada batafsil tushuntirilgan > > >

Shu jumladan – kommunal toʻlovlar uchun quyidagi holatlarda QQS qanday hisoblanishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin:

– ijara toʻlovidan alohida taqdim etilganda;

– ijara haqi summasiga kiritilganda.

 

 

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text211716_ijara_shartnomasida_ijara_tulovining_eng_kam_stavkalarini_kursatish_kerakmi