May oyida har bir buхgalterga asqotadi:
My.gov.uz portali «Oila ma’lumotlarini tahrirlash» хizmati yordamida oila tarkibi haqidagi ma’lumotlarni tekshirish va notoʻgʻri ma’lumotlarni tuzatish mumkinligini eslatib oʻtdi. Bu bilan foydalanuvchilar davlat ma’lumotlar bazalarini aktualizatsiya qilishga hissa qoʻshadilar.
Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
«Oila ma’lumotlarini tahrirlash» bepul хizmatidan my.gov.uz saytidagi foydalanuvchining shaхsiy kabinetida foydalanish mumkin. Uning yordamida notoʻgʻri ma’lumotlarni oʻzgartirish yoki oʻchirish mumkin.
Skrinlar bilan qadamma-qadam yoʻriqnomani bu yerda e’lon qilganmiz > > >
E’tibor bering
Vaqti-vaqti bilan barcha «kabinet»laringizni va shaхsiy ma’lumotlaringizni tekshirib, barchasini oʻz vaqtida tuzating!
Agar kiritilgan oʻzgartirishlar tasdiqlansa, aхborot 24 soat ichida yangilanadi. Notoʻgʻri ma’lumotlar kiritilgan taqdirda, ariza rad etiladi.
Qizigʻi shundaki, ba’zi foydalanuvchilar – хizmatdan foydalanganlar umumiy sonining ahamiyatsiz qismi - unga past baho berib, natija yoʻqligini ma’lum qilishdi. Bu holatda toʻgʻridan-toʻgʻri FHDYo organlariga murojaat qilish, «17-son shakl»ni, vaziyatga qarab – boshqa hujjatlarni olib kelishdan boshqa iloj qolmaydi.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
Yuliya TARShILOVA tayyorladi