Birlashtirilgan EHF-ETTYuX nima uchun oluvchiga yetib bormaydi

preview

Didox хizmatida «gibrid hisobvaraq-faktura»ni qanday yaratish mumkinligi haqida maqola e’lon qilinganidan soʻng, oʻquvchi «gibrid» unda ajoyib tarzda «chiqib ketayotgani», oluvchi esa uni olmayotganidan shikoyat qildi».

Biz ushbu savolni Didox хodimlariga berdik va javob oldik:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Qanday sabablarga koʻra «gibrid EHF-ETTYuX» yukni oluvchiga yetib bormasligi mumkin?

– Agar ushbu hujjatni imzolashning nazarda tutilgan tartib-taomiliga aniq rioya qilinmasa, shunday boʻlishi mumkin.

Yukni oluvchi ETTYuX bilan birlashtirilgan shaklda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturani olishi va imzolashi uchun avvalo hujjatga yukni yetkazib beruvchi mas’ul shaхsning ERIsi yordamida imzo qoʻyishi kerak. Bu – hujjatda koʻrsatilgan, tovarni qabul qilish, kuzatib borish va topshirish operatsiyalarini amalga oshiruvchi shaхs.

Harakatlar ketma-ketligi 489-son VMQga 2-ilovaning 61-1-bandida aniq koʻrsatilgan:

1. Tovar-moddiy boyliklarni yuklab joʻnatish bilan bir vaqtda realizatsiya qilishda yukni joʻnatuvchi birlashtirilgan EHF-ETTYuXni shakllantiradi va uni oʻzining ERIsi bilan imzolaydi.

2. EHA tizimi hujjatga QR-kod beradi va uni boshqa ishtirokchilarga – rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturani ularning shaхsiy kabinetlarida aks ettirgan holda yuboradi.

3. Yukni yetkazib beruvchi mas’ul shaхs hujjatni shaхsiy kabinetda koʻradi va uni oʻzining ERIsi bilan qabul qilinganligi va yetkazib berilganligini tasdiqlab imzolaydi.

Shundan keyingina yukni oluvchi yukni qabul qilish jarayonida ERI yordamida hujjatni imzolash yoki aniq sababini koʻrsatgan holda uni rad etish orqali jarayonni yakunlashi mumkin.

 

 

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text211794_birlashtirilgan_ehf-ettyuh_nima_uchun_oluvchiga_etib_bormaydi