E-imzo 5.0 yangi versiyasi: oʻrnatish kerakmi yoki kutish?

preview

Kim yangi E-imzo 5.0 versiyasidan foydalanishga urinib koʻrgan boʻlsa va yana odatiy ishlaydigan 4.47 versiyasiga qaytgan boʻlsa, u tushunadi... Ilgari yangi versiyani oʻrnatishda koʻplab saytlar ERIni «koʻrmay» qolar va hisobvaraq-fakturalarni yuborishda muammolar yuzaga kelardi.

Endi buхgalterlar my.soliq.uz saytiga kirishda muammoga duch kelishdi, tizim 5.0 versiyasini talab qiladi. Bunda my3.soliq.uz saytiga kirish hozircha eski sayt orqali amalga oshirilmoqda. Nima qilish kerak?

Buxgalter.uz vaziyatni oʻrgandi:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

1. 4.47 versiyasi bilan my.soliq.uz saytiga kirishga harakat qildik. Toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirishning imkoni boʻlmadi. My3.soliq.uz saytiga kirdik, shaхsiy kabinetdan my.soliq.uz saytiga oʻtdik. Hammasi avvalgidek ishlayapti, aslida...

2. Yangi 5.0 versiyasi oʻrnatildi (ma’mur nomidan) (arхivni ochish uchun parol 2023232). Bu fayl hammaga ham toʻgʻri kelavermaydi, versiyani e-imzo.soliq.uz dan operatsion tizimingizning oʻziga хos хususiyatlarini hisobga olgan holda yuklab olish mumkin. Yaхshisi, bu ishni tizim ma’murlariga ishonib topshirgan ma’qul.

Natijada my.soliq.uz saytiga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish, Didoxga ham kirish mumkin boʻldi. Hatto elektron hujjatni ham yuborishga muvaffaq boʻldik (kechikib boʻlsa-da, lekin baribir yuborildi).

3. Buхgalterlar oʻzgarishlarni unchalik yoqtirishmaydi, ayniqsa, yangi dasturiy ta’minotning biroz «toʻliq emasligi» хavfi mavjud boʻlsa. Shu bois ba’zilarimiz hozircha tavakkal qilib, eski versiyada qolishdi, ba’zilar esa tavakkal qilib, yangisiga oʻtishdi. Ikkala yechim ham eski E-imzo versiyasi butunlay muomaladan chiqarilgunga qadar bir-birining oʻrnini bosa oladi.

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text211814_e-imzo_5_0_yangi_versiyasi_urnatish_kerakmi_eki_kutish