Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardi

preview

14.03.2017 yildagi 2868-son Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma endi faqat Oʻzbekiston bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladi. Shuningdek, BQDni toʻldirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi.

Tuzatishlar 13 noyabrdan kuchga kirdi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

2025 yil 1 iyuldan ayrim turdagi xomashyo va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarga eksport bojxona bojlari joriy etildi. Unga koʻra, import va eksportda bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirishning alohida tartibi belgilanadi.

Olib kiriladigan tovarlar boʻyicha BQDni toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardi

Deklaratsiyaning 14-ustunida endi xaridor tomonidan bepul yoki bitim narxiga kiritilmagan miqdorda pasaytirilgan narxda bevosita yoki bilvosita yetkazib beriladigan quyidagi xizmatlar va boshqa yetkazib beriladigan tovarlarning tegishli tarzda taqsimlangan qiymati koʻrsatiladi:

  • olib kiriladigan tovarlar ishlab chiqarilgan (tashkil topgan) xom ashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlar;
  • olib kirilayotgan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan asboblar, shtamplar, qoliplar va boshqa shu kabi tovarlar;
  • olib kelinayotgan tovarlarni ishlab chiqarishda sarflangan materiallar;
  • bojxona hududidan tashqarida bajarilgan va olib kirilayotgan tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan loyihalash, ishlab chiqish, muhandislik, konstruktorlik ishlari, badiiy bezash, dizayn, eskizlar va chizmalar.

Qizigʻi shundaki, tovarning e’lon qilingan bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar roʻyxatiga ham oʻzgartirish kiritish rejalashtirilgan edi. Gap hisobvaraq-faktura (invoys) qismiga aniqlik kiritish haqida bordi:

"*Agar hisobvaraq-fakturada xatolikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa va uning oʻrniga tovarning narxi pasaytirilgan hisobvaraq-faktura taqdim etilgan boʻlsa, bunday hisobvaraq-fakturani qabul qilish uchun joʻnatuvchi mamlakat bojxona xizmatining rasmiy tasdigʻi, ya’ni joʻnatuvchi mamlakatning yuk bojxona deklaratsiyasini oʻzgartirish va qayta rasmiylashtirish sabablari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar taqdim etilishi lozim."

Bu bojxona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlash va tovar narxini pasaytirish maqsadida hisobvaraq-fakturalarga asossiz tuzatishlar kiritilishining oldini olish imkonini berishi koʻzda tutilgan edi. Biroq tasdiqlangan hujjatning yakuniy versiyasiga tuzatish kiritilmagan.

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text211915_bojhona_qiymati_deklaraciyasini_tuldirish_tartibida_nimalar_uzgardi1