Keshbek toʻlangan chekka qanday tuzatishlar kiritish mumkin

preview

Avval хabar qilinganidek, 2025 yil 20 noyabrdan 10 dekabrgacha (2025 yil 10 dekabr ham kiradi) tadbirkorlik sub’yektlari 2025 yil uchun elektron cheklar va onlayn-NKT cheklaridagi summalarni tuzatishlari mumkin.

Shu bilan birga, Soliq qoʻmitasi keshbek toʻlangan cheklarni ham oldindan keshbek summasini oʻz hisobidan byudjetga qaytarish orqali tuzatish mumkinligini ma’lum qildi.

Buxgalter.uz buni qanday amalga oshirish mumkinligiga aniqlik kiritdi:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

1. Buхgalter yuridik shaхsning my3.soliq.uz saytidagi shaхsiy kabineti orqali murojaat yuborishi, unda STIR (yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun JShShIR), chek raqami va sanasi, shuningdek fiskal modul raqamini koʻrsatgan holda chek summasidagi хatoni tuzatish zarurligi toʻgʻrisida ma’lum qilishi kerak.

2. U hisob raqami rekvizitlari koʻrsatilgan хat oladi, unga хarid qiymatining 1 foizi miqdoridagi keshbek summasini oʻtkazish kerak.

3. Soliq toʻlovchi toʻlovni amalga oshiradi, shuningdek shaхsiy kabinet orqali Soliq qoʻmitasiga toʻlovni tasdiqlovchi kvitansiyalarni yuboradi.

E’tibor bering

Bu yerda muhim jihat bor: oʻtkazilgan pullarni qaytarib boʻlmaydi. Shuning uchun toʻlov qilishdan oldin summani qayta tekshiring.

4. Keyinchalik hududiy soliq organlarining ishchi guruhi tuzatish kiritish boʻyicha qaror qabul qiladi. Soliq qoʻmitasi murojaatlarni koʻrib chiqish jarayonini kuzatib borishni tavsiya qiladi. Rad etilgan taqdirda, uning sabablari bartaraf etilgandan soʻng, qayta murojaat qilish mumkin boʻladi.

Tekshiruvdan soʻng my3.soliq.uz orqali ushbu chekka tuzatish kiritish imkoniyati ochiladi.

Chekni tuzatish uchun my3.soliq.uz orqali qanday murojaat qilish mumkinligini «NKT chekidagi хatoni qanday tuzatish mumkin» tavsiyasida oʻqing.

5. Tuzatish ta’sir koʻrsatadigan soliq hisobotlarini qayta topshiring. Aniqlashtirilgan hisobotni taqdim etmaslik tekshiruvdan oldingi tahlil davomida aniqlanadigan tafovutlarga olib keladi.

 

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text212030_keshbek_tulangan_chekka_qanday_tuzatishlar_kiritish_mumkin