IT-park rezidenti ta’sischiga dividendlarni qanday toʻlashi kerak

preview

Korхona – IT-park rezidenti, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi ta’sischiga dividend toʻlashni rejalashtirmoqda. Dividendlarni toʻlashda soliqni ushlab qolish kerakmi? Qaysi hisobotni taqdim etish kerak?

Buxgalter.uz tushuntiradi:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

IT-park rezidentlari barcha turdagi soliqlardan ozod qilingan boʻlsa-da, bu ularni dividendlarni toʻlashda soliq agenti majburiyatlaridan ozod qilmaydi.

Dividend soligʻi stavkasi: rezidentlar uchun – 5%, norezidentlar uchun – 10%. 2025 yil 1 fevraldan 2040 yil 1 yanvargacha norezident ta’sischilarning dividendlariga 5% stavkani faqat IT-park rezidentlari umumiy daromad tarkibida eksport ulushi 50% dan ortiq boʻlgan eksport qiluvchilar qoʻllashi mumkin.

Tashkilot aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan summada toʻlashni tanlagan holat bundan mustasno. U holda dividendlar tarzidagi daromadlarga   soliq solinmaydi . Bunda aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan summada toʻlash huquqi 2026 yildan boshlab bekor qilinadi  .

Dividendlar boʻyicha hisobotni taqdim etish tartibi haqida qadamma-qadam tavsiyanomada oʻqing > > >

Soliqni hisob-kitob qilishda olingan dividendlarni qanday hisobga olish, dividendlar koʻrinishidagi daromad soligʻini qachon toʻlash va jismoniy shaхslar uchun dividendlar koʻrinishidagi daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qanday qoʻllash haqida batafsil bu yerda tushuntirilgan > > >

 

 

Dividendlar va foizlar daromadi soligʻi Oʻzbekistonda: hisoblash, toʻlash dividend soligʻi, foizlar soligʻi, daromad soligʻi, soliq agenti, hisob-kitob Dividendlar va foizlar uchun daromad soligʻi: qanday hisoblanadi, kim toʻlaydi, qanday stavka belgilanadi va soliq agentligi vazifasi nimadan iborat. Jismoniy va yuridik shaхslarga toʻlov, muddatlar, hisobot va soliqdan ozod etish holatlari boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text212221_it-park_rezidenti_tasischiga_dividendlarni_qanday_tulashi_kerak