Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
«IT Park rezidenti boʻlgan korxona blogerlarni jalb qilib, SMM orqali oʻz dasturiy ta’minotini reklama qilmoqda. Ularning aksariyati oʻz xizmatlariga toʻlov ilovasi orqali haq toʻlashni soʻrayapti. Direktor oʻz bank kartasidan toʻlaydi, biz esa «biznesni rivojlantirish maqsadida» uning xarajatlarini qoplashimiz kerak. Bunday xarajatlarni qanday qilib toʻgʻri tasniflash mumkin? Ularni qanday hujjatlar bilan rasmiylashtirish kerak? Korxona va xodim uchun qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?»
Buxgalter Proobunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi:
Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va «Javob beramiz!» tayyor javoblarining butun bazasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro xizmatiga kirishni rasmiylashtiring.
– Bunday sxemada jiddiy qonunbuzarliklar mavjud, uni amalda qoʻllash, ayniqsa, alohida imtiyozli shartlar ostida boʻlgan IT-park rezidenti uchun xavfli.
Nega bunday qilish mumkin emas:
1. Blogerning noqonuniy daromadlari. U pulni toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlov ilovasi orqali – shartnoma, EHF, bajarilgan ishlar dalolatnomasisiz kartasiga oladi. Uning soliq toʻlashiga shubha qilmoqdamiz. Binobarin, soliq inspeksiyasi tekshiruv chogʻida soliqlarni qoʻshib hisoblashi, sizning xarajatlaringizni esa asossiz deb topishi mumkin. Ma’muriy jarimalar xavfi ham istisno etilmaydi.
2. Direktorga notoʻgʻri kompensatsiya:
Tasdiqlanmagan norasmiy xarajatlarni qoplash mumkin emas. Hatto direktor kompaniyani ilgari surish uchun haq toʻlagan boʻlsa ham, kompensatsiya direktorning moddiy naf tarzidagi daromadi sifatida tan olinishi mumkin, bu esa JShDS va foyda soligʻini qoʻshimcha hisoblashga olib keladi
.
Xulosa: blogerga toʻlov direktor tomonidan emas, shartnoma asosida yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Toʻgʻri bajarish uchun:
1. Bloger bilan shartnoma tuzish. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs, YaTT, yuridik shaxs bilan shartnoma tuzish mumkin. Bloger EHFni taqdim etadi, bajarilgan ishlar (koʻrsatilgan xizmatlar) dalolatnomasini rasmiylashtiradi. Tegishincha, toʻlov faqat yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladi, direktor yoki boshqa xodimlarning shaxsiy kartasidan emas.
Agar bloger hujjatlarni rasmiylashtira olmasa yoki xohlamasa, bunday sxemalardan voz kechgan ma’qul.
2. Barcha xarajatlar – faqat hujjatlar boʻyicha. Bu holda xarajatni iqtisodiy jihatdan asoslangan deb e’tirof etish va uni soliqlarni hisoblashda hisobga olish mumkin.
3. Muqobil variant: siz marketing agentligi bilan shartnoma tuzishingiz mumkin va ular allaqachon blogerga pul toʻlashadi. Bu sizning korxonangiz uchun xavfsiz, chunki siz yuridik shaxs bilan ishlaysiz, pul oʻtkazish yuridik shaxsdan yuridik shaxsga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi, EHF va xizmatlar koʻrsatish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Va siz bloger uchun qoʻshimcha soliq hisoblash bilan tahdid qilinmaysiz.
E’tibor bering
2026 yil 1 yanvardan boshlab IT-park rezidentlari reklama xizmatlari va dasturiy ta’minotdan foydalanish uchun kalendar yil davomida quyidagi shartlarda obuna toʻlovlarini korporativ bank kartalari orqali eksport tushumlari doirasida toʻlashlari mumkin (500 ming AQSh dollaridan oshmagan miqdorda):
1) Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan, auditoriyasi 100 mln.dan ortiq boʻlgan axborot resurslari va tizimlarida (shu jumladan veb-saytlar, platformalararo resurslar, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda) reklama joylashtirish;
2) ommaviy oferta, invoyslar va 5 ming AQSh dollaridan ortiq reklama xizmatlari va foydalanish obunasi uchun toʻlovlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. AQSh DT «E-contract»ga kiritiladi. Agar summa kam boʻlsa, bunday ma’lumotlarni «E-contract»ga kiritish shart emas, ushbu xarajatlar debitorlik qarzi sifatida hisobga olinmaydi.
Buxgalter.uz tavsiya etadi
![]()