Xodimlar bilan hisob-kitoblar

Material sanasi 13.05.2026
Tavsiyada: – homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash; – homiladorlik va tugʻish nafaqasini hisoblash; – homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash; – homiladorlik va tugʻish nafaqasiga qoʻshimcha toʻlovning buxgalteriya hisobini yuritish; – homiladorlik va tugʻish nafaqasiga qoʻshimcha toʻlovga soliq solish. ... 

Material sanasi 19.05.2026
Mehnat intizomini buzganlik uchun xodimning ish haqidan ushlab qolamiz. Bu qanday buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi? Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ... 

Material sanasi 18.05.2026
Xodim vaxtaga kirgan kuni ishga kelmagan. Uni juda qiyinchilik bilan topdik, progullar va boshqa qonunbuzarliklar toʻgʻrisida dalolatnomalar tuzdik, barcha hujjatlar asosida ishdan boʻshatamiz. Bunda u tilxat olib berilgan moddiy boyliklarni topshirmagan. Ishga kelmaganlik uchun ishdan boʻshatishda ushbu moddiy boyliklarning qiymatini yakuniy hisob-kitobdan qanday qilib toʻgʻri ushlab qolish mumkin? Xodimning yozma roziligi boʻlmasa, foydalanilmagan ta’til uchun pul kompensatsiyasidan zarar summasini ushlab qolishga yoʻl qoʻyiladimi?» Buxgalter Pro foydalanuvchisining savollariga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 17.03.2026
«Xodim 2026 yil 2 martdan 13 martgacha boʻlgan davrda ta’tilda boʻlgan. Ishlab chiqarish kalendariga muvofiq 8 mart – yakshanba, bayram kuni 9 mart, dushanba kuniga koʻchirildi. Ta’til pulini hisob-kitob qilishda xodimga koʻchirilgan dam olish kuni uchun haq toʻlanadimi?» Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» kadrlar xizmati rahbari va eksperti Valeriya LYaNDRES javob berdi: ... 

Material sanasi 09.12.2025
«IT Park rezidenti boʻlgan korxona blogerlarni jalb qilib, SMM orqali oʻz dasturiy ta’minotini reklama qilmoqda. Ularning aksariyati oʻz xizmatlariga toʻlov ilovasi orqali haq toʻlashni soʻrayapti. Direktor oʻz bank kartasidan toʻlaydi, biz esa «biznesni rivojlantirish maqsadida» uning xarajatlarini qoplashimiz kerak. Bunday xarajatlarni qanday qilib toʻgʻri tasniflash mumkin? Ularni qanday hujjatlar bilan rasmiylashtirish kerak? Korxona va xodim uchun qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?» Buxgalter Proobunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ... 

Material sanasi 14.08.2025
"Tashkilot bir necha xodimni oy oxirida – 25-sanada ishga qabul qildi. Shu oy uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini topshirdik. Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq maoshdan kelib chiqqan holda hisoblangan, mehnatga haq toʻlash – vaqtbay. Yangi ishga qabul qilingan xodimlarning ish haqi bir necha ish kuni uchun MHTEKMning 1 baravaridan past boʻldi. Lekin soliq inspeksiyasi xodimlari bu ishchilarning oyligi MHTEKMning 1 baravaridan kam boʻlmasligini talab qilmoqda. ... 

Material sanasi 02.05.2025
«Xodima 2023 yil 1 dekabrdan boshlab 2 yoshgacha boʻlgan bolani parvarishlash ta’tilida boʻlgan. Soʻngra, 2025 yil 20 yanvardan u ishga chiqdi va jami 3 oy ishlagach, 2025 yil 16 apreldan homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasini taqdim etdi. Nafaqani hisoblashda oʻrtacha kunlik ish haqini hisoblash usulini aniqlashda muammo yuzaga keldi. MK 257-moddasi 7-qismini (toʻliq ishlanmagan oy) qoʻllagan holda nafaqa miqdori 77 mln soʻmni tashkil etdi. MK 257-moddasi 3-qismini qoʻllab, oʻrtacha oylik ish haqini 25,3 ga boʻlish orqali hisoblaganda – nafaqa miqdori 63 mln soʻmni tashkil etadi. Farq – sezilarli va ish beruvchi uchun oʻrtacha ish haqini toʻgʻri aniqlash muhim. Agar xodima toʻliq yil ishlamagan boʻlsa va hisob-kitob davrida toʻliq ishlanmagan oy mavjud boʻlsa, homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani hisoblash uchun oʻrtacha kunlik ish haqini qanday hisoblash kerak?» Obunachining iltimosiga koʻra savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 21.04.2025
«Hali bir yil ishlamagan xodim kasallik ta’tiliga chiqdi. Yangi xodimga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini qanday toʻlash kerak?» Obunachining iltimosiga koʻra, «Norma» kadrlar xizmati rahbari, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Valeriya LYaNDRES savollarga javob berdi: ... 

Material sanasi 15.04.2025
«Xodim oʻz ish haqi va mehnat munosabatlari bilan bogʻliq boshqa toʻlovlarni olish uchun ishonchli shaxsni vakolatli qilish huquqiga ega FK 137-m. Xodim oʻz ish haqini onasining plastik kartasiga toʻlash haqida ariza yozgan va notarial tasdiqsiz ishonchnoma tuzgan. Ish beruvchi xodimning ish haqini ishonchnoma va ariza boʻyicha uchinchi shaxsning plastik kartasiga toʻlashi mumkinmi?» Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra, savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Sobir NURBERDIYeV javob berdi: ... 

Material sanasi 22.01.2025
«Korxona xodimni Qozogʻistonga 5 kunlik xizmat safariga yubordi. Korxonada Xizmat safarlari toʻgʻrisida nizom ishlab chiqilgan. Unga muvofiq xodimga kuniga 50 AQSh dollari miqdorida kundalik toʻlov berildi. Qozogʻiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan kundalik me’yorlar kuniga 25 AQSh dollarini tashkil etadi. Xodim xizmat safari boʻyicha boʻnak hisobotini yopish uchun barcha hujjatlarni, shu jumladan kundalik xarajatlar boʻyicha hujjatlarni taqdim etdi. Me’yordan ortiqcha kundalik toʻlovlar boʻyicha xodimning daromadini va ijtimoiy soliq, JShDS, ShJBPH ajratmalarini buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerak?» Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 14.12.2024
«Tashkilotning bosh buxgalteri oʻrindoshlik asosida ishlaydi. Maoshi – 4 mln soʻm. Mehnat shartnomasida ish vaqtining davomiyligi haftasiga 20 soatdan oshmasligi nazarda tutilgan. Mehnat shartnomasida ishlangan oy uchun ish haqi maoshni ish vaqti me’yoriga boʻlish va haqiqatda ishlangan vaqtga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanishi koʻrsatilgan. Buxgalter oylar boʻyicha turli vaqt ishlaydi. Haqiqatda ishlangan vaqt oylar boʻyicha turlicha boʻlgani uchun hisoblangan ish haqi ham turlicha chiqmoqda. Ta’til puli (foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya)ni hisoblash uchun oʻrindosh buxgalterning oʻrtacha oylik ish haqini qanday hisoblash kerak? Oylar boʻyicha ish haqi turlicha boʻlgani uchun oʻrtacha oylik ish haqini belgilangan 4 mln soʻmlik maoshning 1/12 qismi sifatida aniqlash mumkinmi?» Savolga Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Mehnatga haq toʻlash va mehnat standartlari boshqarmasi bosh mutaxassisi Otabek BOBOMURATOV javob berdi: ... 

Material sanasi 29.10.2024
«Xodim respublika ichida xizmat safarida boʻldi. U mehmonxonada yashash xarajatlarini oʻz mablagʻlari hisobidan toʻladi va chek taqdim etdi. Bu holatda sutkalik pullar toʻlanadimi? Qanday hollarda sutkalik pullar toʻlanmaydi?» Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Iqtisodiyot va moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Asal XAShIMOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 24.10.2024
«Xodim Oʻzbekiston hududida xizmat safarida boʻldi. U mehmonxonada yashaganlik haqida kvitansiya taqdim etdi, toʻlov cheki yoʻq, lekin «toʻlandi» degan belgi qoʻyilgan. Mazkur hujjat yashash xarajatlarini toʻliq hajmda toʻlash uchun asos boʻla oladimi? Yoki biz unga xarajatlarni BHMning 20% miqdorida qoplashimiz kerakmi?» Savolga «Norma» eksperti, «Biz javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 23.10.2024
«Korxona rahbariyati Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq ish kunlariga toʻgʻri keladigan boʻlsa ham, 29, 30 va 31 dekabr, 2 va 3 yanvar qoʻshimcha haq toʻlanadigan dam olish kunlarini belgiladi. Bu kunlarni tabelda boshqa belgi bilan (kelmaslik, kelish) aks ettirishimiz kerakmi? Ta’til va shifoxona toʻlovlarini hisoblashda qoʻshimcha dam olish kunlarini toʻlash tarifdan yuqori toʻlovlarning 1/12 qismiga kiradimi?» Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi javob berdi. Azizaxon TOShXOʻJAEVA: ... 

Material sanasi 18.09.2024
«Korxona xodimlarga ta’til pulini va foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiyani toʻlaydi. Ta’til puli va kompensatsiyani hisob-kitob qilish uchun oʻrtacha ish haqini aniqlashda mukofotni chiqarib tashlash mumkinmi?» Savolga «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 12.09.2024
«Xodim kunduzgi soat 12:00 da Turkiyadan xorijiy xizmat safaridan Toshkentga qaytib keldi. Bu kun buyruqqa muvofiq xizmat safari kunlariga kiritilgandi. U doimiy asosda Navoiyda yashaydi va ishlaydi. Buxgalter bu kun uchun xodimga Turkiya me’yorlari boʻyicha emas, balki Toshkent shahri me’yorlari boʻyicha kundalik xarajatlar uchun haqni hisoblab chiqardi. Bu kun uchun kundalik xarajatlarga haq qaysi me’yorlar boʻyicha toʻlanadi?» Vaziyatni buxgalter.uz uchun maxsus «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirdi: ... 

Material sanasi 06.09.2024
«Xususiy korxona oʻz xodimlarini muntazam ravishda mahalliy va xorijiy xizmat safarlariga yuboradi. Kundalik xarajatlar miqdorlari buyruq bilan tasdiqlangan, ular Oʻzbekiston hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisidagi nizomda 02.08.2022 y. 424-son VMQga ilova va xorijiy xizmat safarlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda 19.11.2015 y. AV roʻyxat raqami 2730-son belgilangan me’yorlardan koʻp yoki kam boʻlishi mumkin. Xususiy korxonalar qonunchilikda belgilangan kundalik xarajatlar me’yorlarini qoʻllashi shartmi?» Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Iqtisodiyot va moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyati boʻlimi boshligʻi Asal HOShIMOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 21.08.2024
«Kompaniya xodimlarining bir qismi smenali grafik asosida ishlaydi - oyiga taxminan 15 ta smena, har bir smenada 12 soatdan. Ular uchun yillik jamlangan ish vaqti hisobi qoʻllaniladi. Bu holda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini hisoblash tartibi qanday?» Buxgalter.uz uchun maxsus Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Mehnatga haq toʻlash va mehnat standartlari boshqarmasi bosh mutaxassisi Otabek BOBOMUROTOV savolga javob berdi: ... 

Material sanasi 07.08.2024
«Korxona rahbari xizmat safari uchun booking.com orqali mehmonxona bronlagan. Lekin safardan qaytgandan soʻng bu mehmonxonada yashaganligi haqidagi hujjatlarni taqdim etmagan. Mehmonxonani bronlash haqidagi hujjatni xizmat safaridagi yashash xarajatlarini tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilish mumkinmi?». Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga Soliq qoʻmitasi Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 06.08.2024
«Xodimning maoshi 2,5 mln soʻm. 5 kunlik ish haftasida u 2024 yil iyun oyida 165 soat ishladi. Shundan 21 soat - ortiqcha ish vaqti (shu jumladan 5 soat - tungi vaqtda). Iyun oyi uchun ish haqini qanday hisoblash kerak?» Savolga maxsus buxgalter.uz uchun Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Mehnat haqi toʻlash va mehnat standartlari boshqarmasi bosh mutaxassisi Otabek BOBAMURATOV javob berdi: ...