Muddatli bitimlarga soliqlar qanday solinadi
Tavsiyada:
– muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari;
– bitimni muddatli bitim sifatida tavsiflash;
– muddatli bitimlarga soliq solish:
muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha foyda soligʻi;
QQS;
– buxgalter uchun muddatli bitimlar bilan ishlash boʻyicha qisqacha uslubiyot.
Muddatli bitim – bu tovarlarni berish yoki xizmatlar koʻrsatish shartnomada qat’iy belgilangan qiymat boʻyicha kelishilgan muddat tugagach amalga oshiriladigan kelishuv
. Boshqacha aytganda, bitimni muddatli bitim deb e’tirof etish uchun 3 ta mezon bajarilishi lozim:
1) shartnoma majburiyatlarining kechiktirib bajarilishi, ya’ni tovarni berish yoki xizmat koʻrsatish shartnoma tuzilgan sanadan kechroq sodir boʻladi;
2) qat’iy belgilangan narx, ya’ni qiymat shartnoma imzolanayotganda belgilanadi va keyinchalik oʻzgarmaydi;
3) shartnoma tuzilgan sanadan uni bajarish sanasigacha boʻlgan vaqt oraligʻi, ya’ni shartnomani tuzish va bajarish oʻrtasida muayyan muddat oʻtadi.
Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari nima
Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari (hosilalar) alohida tartibda hisobga olinadi. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi – bu shartnoma tomonlari huquq va majburiyatlarining asos aktivga nisbatan taqsimlanishi boʻyicha va tomonlar majburiyatlarining bajarilishiga toʻgʻri keladigan sana koʻrsatilgan shartnomadir
.
Eng keng tarqalgan hosilalar – bu:
- fyuchers – aktivni kelgusida sotish va sotib olish boʻyicha standartlashtirilgan birja shartnomasi. Kliring markazi orqali hisob-kitob sanasida bajarilishi majburiydir;
- forvard – aktiv (tovar, valyuta, qimmatli qogʻoz)ning kelgusida oldindan belgilangan narxda oldi-sotdisi toʻgʻrisidagi shartnoma. Belgilangan muddatda har ikki tomon uchun bajarilishi majburiydir;
- opsion – shartnoma boʻlib, unga koʻra bir tomon (opsion xaridori) boshqa tomondan (opsion sotuvchisidan) oldindan belgilangan narxda muayyan miqdordagi asos aktivni sotib olish («koll» opsioni) yoki sotish («put» opsioni) majburiyatini emas, balki huquqini sotib oladi. Opsion egasining xohishiga koʻra ijro etiladi.
Opsionning oʻziga xos xususiyati va uning muddatli bitimlarning boshqa moliyaviy vositalaridan farqi shundaki, fyuchers va forvardda ijro ikkala tomon uchun ham majburiydir, opsionda esa – opsion egasining tanloviga koʻra
.
Muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining asos aktivi – bu muddatli bitimning predmeti. Quyidagilar asos aktiv boʻlishi mumkin:
- xorijiy valyuta;
- qimmatli qogʻozlar va boshqa mol-mulk;
- foiz stavkalari;
- kredit resurslari;
- narxlar yoki foiz stavkalari indekslari;
- muddatli bitimlarning boshqa moliyaviy vositalari.
Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar muddatli bitimlarning ishtirokchilaridir.
Siz asos aktivni yetkazib berish shartlarini nazarda tutuvchi bitimni muddatli bitimlarning moliyaviy vositasiga doir operatsiya yoki ijroni kechiktirgan holda bitim predmetini yetkazib berishga doir bitim deb e’tirof etib, mustaqil ravishda tavsiflashga haqlisiz
. Boshqacha aytganda, siz bitimni muddatli bitimlar moliyaviy vositasiga doir operatsiya deb e’tirof etishingiz va tegishli tarzda unga soliq solishingiz yoki uni ijroni kechiktirgan holda amalga oshiriladigan oddiy oldi-sotdi bitimi deb e’tirof etishingiz va unga umumiy qoidalar boʻyicha soliqlar solishingiz mumkin.
Bitimlarni muddatli bitimlar moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar toifasiga kiritish mezonlarini (bundan xedjirlash operatsiyalari mustasno) soliq solish maqsadlari uchun hisob siyosatida belgilab qoʻying.
Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari quyidagilarga boʻlinadi:
1) uyushgan bozorda muomalada boʻlgan;
2) uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan.
Muddatli bitimlarning muomalada boʻlgan moliyaviy vositalari bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga muvofiq kelishi kerak
:
- ularni tuzish, muomalada boʻlishi va bajarilishi tartibi Oʻzbekiston qonunchiligiga yoki chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq shunday huquqqa ega boʻlgan savdolar tashkilotchisi tomonidan belgilansa;
- muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining narxlari toʻgʻrisidagi axborot OAVda e’lon qilinsa yoxud savdolarning tashkilotchisi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan har qanday manfaatdor shaxsga muddatli bitimning moliyaviy vositasiga doir operatsiya amalga oshirilgan sanadan keyin 3 yil ichida berilishi mumkin boʻlsa.
Agar bitim uyushmagan bozorda tuzilsa va uning shartlari asos aktivini yetkazib berishni nazarda tutsa, u faqat bunday bitim shartlariga muvofiq asos aktivni yetkazib berish u tuzilgan kundan keyingi uchinchi kundan oldin amalga oshirilmagan taqdirdagina muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi sifatida tavsiflanishi mumkin.
Uyushmagan bozorda tuziladigan va shartlari asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutmaydigan bitim faqat muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi sifatida tavsiflanishi mumkin.
Bitimlarni tuzish sanasida ularning shartlarida belgilangan ijro etish usuliga qarab barcha muddatli bitimlar quyidagilarga boʻlinadi:
- yetkazib beriladigan – bitim predmetini (asos aktivni) yetkazib berishni yoki asos aktivni yetkazib berish sharti bilan muddatli bitimlarning boshqa moliyaviy vositasini tuzishni nazarda tutadi. Masalan, shartnoma boʻyicha bir taraf ikkinchi tarafga qimmatli qogʻozlar yoki boshqa mol-mulkni belgilangan muddatda qat’iy belgilangan narxda topshirishi shart;
- hisob-kitobli (yetkazib berilmaydigan) – asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutmaydi, lekin kelgusida bitim taraflarining oʻzaro hisob-kitob qilish tartibini bitim predmeti narxining yoki boshqa miqdoriy koʻrsatkichining taraflar tomonidan belgilangan koʻrsatilgan koʻrsatkich miqdoriga nisbatan oʻzgarishiga qarab belgilaydi. Masalan, fermer oʻz mahsulotini kelgusida sotish uchun 120 ming soʻm narxda fyuchers sotib oldi. Sotish paytida mahsulotning bozor narxi 100 ming soʻmni tashkil etdi. Fyuchers boʻyicha unga 20 ming soʻm toʻlanadi, shu bilan shartnoma boʻyicha majburiyat bajarildi;
- muddatli bitimlar moliyaviy vositalari bilan ilgari amalga oshirilgan operatsiyalarga qarama-qarshi operatsiyalar. Masalan, valyutani sotib olish va muayyan muddatdan soʻng qaytarib sotishni nazarda tutuvchi SVOP-shartnomalar. Shartnomaning boshqa tomoni esa, aksincha, dastlab valyutani sotadi va muayyan muddatdan soʻng uni qaytarib sotib oladi.
.Bitim muddatli bitim deb tavsiflanganda nimalarga e’tibor berish kerak
Shakl emas, iqtisodiy mazmun
Soliq solishda bitimlarning iqtisodiy mazmuni prinsipiga muvofiq bitimning yuridik shaklini emas, balki uning haqiqiy iqtisodiy mazmunini aniqlash muhimdir
. Bu shuni anglatadiki, hatto shartnoma «muddatli» deb nomlangan boʻlsa ham, muddatli bitim mezonlariga haqiqatan ham rioya qilinayotganligini yoki bu oddiy toʻlovni kechiktirish ekanligini; asos aktivni yetkazib berish mavjudligi yoki bitim hisob-kitobli bitim ekanligini aniqlang.
Bitimni tavsiflash
Soliq hisob siyosatida bunday operatsiyalar qanday tavsiflanishini aniqlang: muddatli bitimning moliyaviy vositasi sifatida yoki kechiktirilgan oddiy bitim sifatida. Tanlov soliq bazasiga ta’sir qiladi.
Hujjatlar bilan rasmiylashtirish
Tekshiruv chogʻida bu aynan muddatli bitimning vositasi ekanligi yuzasidan asosnomaga ega boʻlish uchun shartnomada asos aktiv, tomonlarning huquqlari (majburiyatlari), bajarish sanasi, yetkazib berish yoki hisob-kitob qilish shartlari aniq koʻrsatilishi kerak.
Soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Soliq bazasini aniqlashda bunday operatsiyalar boʻyicha daromadlar (xarajatlar)ni e’tirof etish paytini (sanasini) toʻgʻri belgilash muhimdir. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiya boʻyicha huquq va majburiyatlarning ijro etilish sanasi muddatli bitimning moliyaviy vositasiga doir operatsiyaning tugallanish sanasidir
.
Muddatli bitimning moliyaviy vositasi boʻyicha majburiyatlar quyidagi holda tugatilishi mumkin
:
Soliq solish maqsadlarida bir turdagi qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish boʻyicha talablar
:
– bir xil hajmdagi huquqlarga ega boʻlgan;
– bir emitent;
– bir turdagi;
– bir toifadagi (xildagi);
– bitta pay investitsiya fondining – pay investitsiya fondlarining investitsiya paylari uchun,
shuningdek, xuddi shu valyutada pul mablagʻlarini toʻlash boʻyicha talablar;
- shartnomalarning namunaviy shartlariga muvofiq boʻlgan bosh kelishuvda belgilangan tartibda, agar bunday tugatishda netto-majburiyatning summasini belgilash nazarda tutilgan boʻlsa;
- tashkil etilgan savdolarning qoidalari yoki kliring qoidalari shartlarida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan muqobil talablarni hisobga oʻtkazgan holda, agar bunday hisobga oʻtkazish netto-majburiyatning summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan boʻlsa.
Netto majburiyatlar – bu qarz majburiyatlari va debitorlik talablari oʻrtasidagi farqdir. Masalan, «A» kompaniyasi «V» kompaniyasidan 100 mln soʻm, «V» kompaniyasi esa «A» kompaniyasidan 70 mln soʻm qarzdor. «A» kompaniyasining netto-majburiyati 30 mln soʻmni tashkil etadi. (100 – 70).
Kliring deganda, qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar boʻyicha oʻzaro majburiyatlarni aniqlash, aniqlashtirish va hisobga olish tushuniladi
.
Netting – bu mijozning barcha pul talablarini uning barcha pul majburiyatlariga nisbatan hisobga olish orqali amalga oshiriladigan kliring usuli
.
Muddatli bitimlarga qanday soliqlar solinadi
Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha foyda soligʻi
Soliq solish maqsadlarida muomalada boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha:
– hisobot (soliq) davri mobaynida olish kerak boʻlgan variatsiyaga oid marjaning summasi. Variatsiyaga oid marja – bu savdolar tashkilotchisi yoki kliring tashkiloti tomonidan hisoblab chiqiladigan va savdolar tashkilotchilari va (yoki) kliring tashkilotlari tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq muddatli bitimlar ishtirokchilari tomonidan toʻlanadigan (olinadigan) pul mablagʻlari summasi;
– muddatli bitimlarning muomalada boʻlgan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davri ichida olinishi kerak boʻlgan, shu jumladan yetkazib berish operatsiyalari boʻyicha hisob-kitoblar tartibidagi boshqa summalar;
– variatsiyaga oid marjaning hisobot (soliq) davrida toʻlanishi lozim boʻlgan summasi;
– muddatli bitimlarning muomalada boʻlgan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davri ichida toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa summalar, shuningdek yetkazib berish bitimlari boʻyicha oʻtkaziladigan asos aktivning qiymati;
– muddatli bitimlarning muomalada boʻlgan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar;
- soliq bazasini hisobot (soliq) davrida olinishi kerak boʻlgan barcha asos aktivlar bilan tuzilgan bitimlarga doir daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi farq sifatida aniqlang. Tegishincha, salbiy farqni bunday operatsiyalardan koʻrilgan zarar deb e’tirof eting
.
Muddatli bitimlarning muomalada boʻlgan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha:
– muddatli bitimning moliyaviy vositasiga doir operatsiya ishtirokchilaridan biri hisobot (soliq) davrida olishi lozim boʻlgan pul mablagʻlarining summalari;
– muddatli bitimlarning muomalada boʻlmagan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha, shu jumladan yetkazib berish operatsiyalari boʻyicha hisob-kitoblar tartibida hisobot (soliq) davri mobaynida olinishi lozim boʻlgan boshqa summalar;
– muddatli bitimning moliyaviy vositasiga doir operatsiya ishtirokchilaridan biri operatsiya bajarilganda (tugallanganda) hisobot (soliq) davrida toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari summasi;
– muddatli bitimlarning muomalada boʻlmagan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davri ichida toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa summalar, shuningdek asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutuvchi bitimlar boʻyicha beriladigan asos aktivning qiymati;
– muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar;
- soliq bazasini hisobot (soliq) davridagi barcha asos aktivlar bilan mazkur operatsiyalarga doir daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi farq sifatida aniqlang. Salbiy farqni tegishincha bunday operatsiyalardan koʻrilgan zarar deb e’tirof eting
.
Muddatli bitimlarning muomalada boʻlmagan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlarni keyingi soliq davrlarida shunga oʻxshash operatsiyalar boʻyicha soliq bazasini kamaytirishga olib borishingiz mumkin.
Soliq solish maqsadlarida bitimning haqiqiy narxi quyidagi hollarda bozor narxi deb e’tirof etiladi:
- muddatli bitimlarning muomalada boʻlgan moliyaviy vositalari boʻyicha – agar u bitimni tuzish sanasida savdo tashkilotchisi tomonidan roʻyxatga olingan mazkur moliyaviy vositaga doir tuzilgan bitimlarning eng yuqori va eng past narxi oʻrtasidagi oraliqda (narxlar oraligʻida) boʻlsa
.
Agar ayni bir muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi boʻyicha bitimlar ikki va undan ortiq savdo tashkilotchisi orqali amalga oshirilgan boʻlsa, muddatli bitimlarning ishtirokchisi narxlar oraligʻidan bitimning haqiqiy narxini soliq solish maqsadlarida bozor narxi deb e’tirof etish uchun foydalanadigan savdo tashkilotchisini mustaqil ravishda tanlashga haqli.
Savdolar tashkilotchisida tegishli bitim tuzilgan sanadagi narxlar oraligʻi toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlmagan taqdirda, uning oxirgi 3 oy ichida boʻlib oʻtgan savdolar boʻyicha ma’lumotlaridan foydalaniladi;
- muddatli bitimlarning muomalada boʻlmagan moliyaviy vositalari boʻyicha – agar u muddatli bitimni tuzish sanasidagi muddatli bitimlar moliyaviy vositasining hisob-kitob qiymatidan oshish (pasayish) tomonga koʻpi bilan 20 foizga farq qilsa
.
Muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining tegishli turlari hisob-kitob qiymatini aniqlash tartibini qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish boʻyicha vakolatli organ – Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilaydi.
Agar muomalada boʻlmagan muddatli bitim moliyaviy vositasini realizatsiya qilishning (sotib olishning) haqiqiy narxi uning hisob-kitob qiymatidan oshish (pasayish) tarafga koʻpi bilan 20 foiz farq qilsa, daromadlar (xarajatlar) 20 foizga oshirilgan (kamaytirilgan) hisob-kitob qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Svop-kontraktdagi majburiyatlar (talablar) boʻyicha olingan daromadlar va qilingan xarajatlarni muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha tegishli soliq bazasini aniqlashda hisobga oling.
Birja va birjadan tashqari savdolarda qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar boʻyicha sotuvchining, shu jumladan norezidentning daromadlariga foyda soligʻi solinmaydi
.
Sotuvchi (bundan emitent mustasno) quyidagilarda bitimlarni amalga oshirganda ILMAga yigʻim toʻlaydi:
- qimmatli qogʻozlarga doir tashkil etilgan birjadan tashqari savdolarda – bitim summasining 0,3 foizi miqdorida;
- emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga doir birja savdolarida – bitim summasining 0,01 foizi miqdorida.
QQS
Soliq solish tartibi muddatli bitim turiga bogʻliq.
Oddiy muddatli bitim
Agar muddatli bitim tovarlarni (xizmatlarni) oddiy realizatsiya qilish sifatida tavsiflansa, unga umumiy tartibda QQS solinadi. Ya’ni bu holda soliq bazasini ushbu tovarlarning (xizmatlarning) shartnomada koʻrsatilgan, biroq realizatsiya qilish sanasidagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan qiymatidan past boʻlmagan qiymati sifatida aniqlang
.
Realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanani ham umumiy tartibda – Soliq kodeksi 242-moddasiga muvofiq, bozor qiymatini esa – transfert narxni belgilash toʻgʻrisidagi qoidalarni hisobga olgan holda aniqlang.
Umumiy qoidaga koʻra, quyidagilar realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sana hisoblanadi:
- tovarlar boʻyicha – mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sana yoki tovarlar joʻnatilgan (berilgan) sana, agar u hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sanadan oldin kelsa
.
Agar tovarni joʻnatish (berish) amalga oshirilmasa, tovarga boʻlgan mulk huquqi xaridorga oʻtkazilgan kun tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sana hisoblanadi;
- xizmatlar boʻyicha – xizmatlar koʻrsatilganligi faktini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura yoki boshqa hujjat rasmiylashtirilgan (imzolangan) sana.
Ma’lumot uchun
- Realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanani aniqlashning alohida tartibi belgilangan vaziyatlar haqida tavsiyada oʻqing.
Un zavodi non zavodiga bir tonnasi 3 mln soʻmdan 100 tonna un sotadi. Bitimning umumiy summasi – QQSsiz 300 mln soʻm.
Shartnoma tuzilgan sana – 1 mart.
Tovarni yetkazib berish sanasi – 1 iyun (3 oydan keyin).
Toʻlov sanasi – 15 iyun.
|
Soliqlar |
Soliq solish |
|
|
sotuvchida |
xaridorda |
|
|
QQS |
Soliq bazasi – 300 mln soʻm. Hisoblanadigan QQS – 36 mln soʻm (300 x 12%). Realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan va hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sana – 1 iyun |
«Kiruvchi» QQS 36 mln soʻm tovar va hisobvaraq-faktura olingandan keyin -–1 iyunda hisobga olishga qabul qilinadi. |
|
Foyda soligʻi |
Tushum realizatsiya qilish paytida – 1 iyunda jami daromadga kiritiladi. Tovarning tannarxi va ushbu daromad bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar tushumdan chegirib tashlanadi. Farqqa 15% stavka boʻyicha foyda soligʻi solinadi |
300 mln soʻm tayyor mahsulot tannarxini shakllantirishda xarajatlar tarkibida hisobga olinadi. |
Mazkur muddatli bitimning oʻziga xos xususiyatlari:
- shartnoma tuzilgan sana va haqiqatda yetkazib berish oʻrtasida 3 oy oʻtadi;
- soliq majburiyatlari shartnoma tuzish paytida emas, balki tovarni haqiqatda topshirish paytida yuzaga keladi;
- narx oldindan qat’iy belgilanadi, bu esa tomonlarni bozordagi oʻzgarishlardan himoya qiladi.
Moliyaviy vositalar bilan muddatli bitimlar
Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalarini realizatsiya qilishda soliq bazasini quyidagicha aniqlang:
- muomalada boʻlmagan – asos aktivning shartnomada koʻrsatilgan, lekin realizatsiya qilingan sanadagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan qiymatdan past boʻlmagan qiymati sifatida
; - yetkazib beriladigan muddatli bitimlarda muomalada boʻlgan vositalar boʻyicha – asos aktiv realizatsiya qilinishi kerak boʻlgan va ushbu hosila birja tasdiqlagan tasniflash shartlariga muvofiq belgilangan qiymat sifatida
; - muomalada boʻlgan va yetkazib berish opsion kontraktlari boʻyicha – asos aktivni realizatsiya qilish amalga oshirilishi kerak boʻlgan va hosila birja tomonidan tasdiqlangan tasniflash shartlariga muvofiq belgilangan, lekin realizatsiya qilish sanasidagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilganidan past boʻlmagan qiymat sifatida
.
Muomalada boʻlgan hosilaning tasnifi birjaning ushbu hosila shartlarini belgilovchi hujjati hisoblanadi.
Muddatli bitimlar boʻyicha soliq bazasini hisoblashda tovar (xizmat) yoki asos aktivning narxini aksizlar hisobga olingan (aksiz toʻlanadigan tovarlar uchun) va QQS hisobga olinmagan holda aniqlang
.
Qimmatli qogʻozlar va hosila moliyaviy vositalarni realizatsiya qilishga QQS solinmaydi, asos aktivni realizatsiya qilish bundan mustasno. Hosila moliyaviy vositani amalga oshirish deganda
:
- uning asos aktivini realizatsiya qilish;
- kontrakt boʻyicha mukofotlar va variatsiyaga oid marja summalarini toʻlash;
- hosila moliyaviy vositalar shartlariga muvofiq asos aktiv toʻlovi boʻlmagan hosila moliyaviy vosita taraflarining boshqa davriy yoki bir martalik toʻlovlari.
Masalan, kontrakt asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutadi, QQS solinadigan tovarlar asos aktiv boʻladi. Bunday aktivni realizatsiya qilishda soliq bazasini hisoblab chiqarish va soliqni toʻlash kerak. Bunda soliq faqat asos aktivni realizatsiya qilishdan olingan tushum summasidan toʻlanadi. Kontrakt boʻyicha mukofotlar, variatsiyaga oid marja summalari va boshqa toʻlovlar soliq bazasiga kiritilmaydi.
Kompaniya neft uchun fyuchers kontraktini tuzdi.
Kontrakt tuzilgan sana – 10 yanvar.
Tuzilgan vaqtda kontrakt narxi – 5 mlrd soʻm.
Kafolat ta’minoti (depozit marjasi) – 500 mln soʻm.
Bitimning borishi:
- 15 yanvar: ijobiy variatsiyaga oid marja +200 mln soʻm;
- 20 yanvarda: salbiy variatsiyaga oid marja –150 mln soʻm;
- 25 yanvar: ijobiy variatsiyaga oid marja +300 mln soʻm;
- 30 yanvar: pozitsiyani muqobil bitim bilan yopish.
Yakuniy moliyaviy natija: +200 – 150 + 300 = +350 mln soʻm. (foyda).
Buxgalter uchun muddatli bitimlar bilan ishlash boʻyicha qisqacha uslubiyot
1. Soliq hisob siyosatida muddatli bitimlarni qanday tavsiflashni belgilang: tovarni (xizmatni) realizatsiya qilish boʻyicha oddiy va muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir.
2. Shartnomada har bir muddatli bitim boʻyicha barcha muhim shartlarni yozing: asos aktiv, bajarilish sanasi, tomonlarning huquqlari (majburiyatlari), bajarilish usuli (aktivni yetkazib berish yoki hisob-kitob qilish).
3. Bitimni amalga oshirishda yetkazib berish (hisob-kitob) faktini, summani, kurs farqlarini (agar valyuta boʻlsa), tannarx va tushumni hujjatlashtiring.
4. Foyda soligʻini hisob-kitob qilishda Soliq kodeksi 328-moddasida nazarda tutilgan bunday bitimlardan olingan daromadlarni (xarajatlarni) hisobga oling.
5. QQSni hisob-kitob qilishda: muddatli bitimni toʻgʻri tavsiflashda hosila moliyaviy vositalarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarga soliq solmang, ularning asos aktivini realizatsiya qilish bundan mustasno
.
6. Shubha tugʻilganda – bitimning iqtisodiy mazmunini asoslashni biling, tekshiruv chogʻida uni soliq organlariga tushuntirishga tayyor boʻling.
Buxgalter.uz yangiliklarini birinchi boʻlib olish uchun Telegram-kanalga obuna boʻling
- Alohida turdagi operatsiyalar boʻyicha zararlarni qanday qilib koʻchirish va soliq hisobotida aks ettirish kerak
- Ishonchli boshqaruvda soliq solishning alohida hollari
- Foyda soligʻi hisob-kitobida boshqa daromadlarni qanday aks ettirish mumkin
- Qaytar xarid shartnomalarini hisobga olish
- Transfert narxini shakllantirishda soliq nazorati oʻtkazilishining tartibi qanday boʻlishi kerak

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter