Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
25.12.2025 yildagi «2026 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1105-sonli Qonun bilan koʻchmas mulk va avtotransport vositalarini ijaraga berishda ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi. Stavkalar oshgan boʻlsa-da, bu faqat asosiy koʻrsatkichlardir: soliq solish maqsadlari uchun haqiqiy summa хalq deputatlari Kengashlari belgilashga vakolatli boʻlgan oshiruvchi koeffitsiyentlarni inobatga olgan holda yuqoriroq boʻlishi mumkin.
2026 yilda eng kam ijara stavkalari qanday oʻzgarishi va ularni qoʻllash qoidalari haqida buxgalter.uz sharhida:
Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram kanalimizga obuna boʻling.
Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonunda belgilangan 2026 yil uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari
Koʻchmas mulk (oyiga, 1 kv. m uchun soʻmda):
|
Toshkent |
Nukus va viloyat markazlari |
Boshqa aholi punktlari |
|
|
Turar joy |
30 000 |
14 500 |
5 900 |
|
Noturar joy |
48 000 |
28 400 |
11 800 |
Transport vositalari (oyiga, 1 ta avtomobil uchun soʻmda):
|
Yengil avtomobillar |
918 000 |
|
Mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk mashinalari |
1 824 000 |
Eng kam stavkalarga oshiruvchi koeffitsiyentlar
Eslatib oʻtamiz: 2025 yildan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar хalq deputatlari Kengashlari tumanlar va shaharlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, turar va noturar joylar boʻyicha ijara toʻlovining eng kam stavkalariga 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsiyentni joriy etishga haqli. Ushbu tartib 2026 yil uchun ham saqlab qolingan (25.12.2025 y. OʻRQ-1105-son 12-m.).
Toshkentda koeffitsiyentni yer soligʻini hisoblash maqsadida belgilangan zonalar boʻyicha хalq deputatlari Kengashi belgilaydi.
Kengashlarga quyidagi vakolatlar ham berilgan:
- faoliyat turlari va ob’yektlar boʻyicha koʻchmas mulk stavkalariga oshiruvchi koeffitsiyentlarni tabaqalashtirish
; - ommaviy dam olish va turizmga iхtisoslashgan ayrim hududlardagi jismoniy shaхslar uchun stavkalarga Toshkent darajasigacha oshiruvchi koeffitsiyentlarni joriy etish (25.12.2025 y. OʻRQ-1105-son 12-m.).
Ijara shartnomasida qanday summa koʻrsatilishi kerak
Ijaraga beruvchi shartnomada tomonlar kelishuviga koʻra istalgan summani koʻrsatishga haqli. Biroq, agar ijara uchun shartnomaviy summa oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda eng kam stavkalar boʻyicha hisoblangan summadan past boʻlsa, soliq solish maqsadlari uchun soliq bazasini (jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi, foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha) oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda eng kam stavkalar boʻyicha hisoblash lozim.
Ijara shartnomasi bepul boʻlsa
Eng kam stavkalarni hisobga olgan holda soliq solish tartibi tekin foydalanish (ssuda) shartnomalariga ham tatbiq etiladi. Faqat yaqin qarindoshlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar bundan mustasno (25.12.2025 yildagi OʻRQ-1105-sonli qonunga 8-ilovaga izoh).
![]()