SK-2026: amortizatsiya qilinadigan aktivlarga ijtimoiy infratuzilma kiritildi

preview

Endilikda amortizatsiya qilinadigan aktivlarga хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan qurilgan va tegishli yetkazib beruvchi tashkilotga bepul berilgan ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari (elektr, gaz, issiqlik va suv ta’minoti, kanalizatsiya, yoʻllar) ham kiradi.

Bu 25.12.2025 yildagi OʻRQ-1108-son Qonunda nazarda tutilgan. Batafsil - buxgalter.uz sharhida:

Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Soliq toʻlovchilarning oʻz mablagʻlari hisobidan ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini (elektr, gaz, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, yoʻllar) qurish хarajatlari endi amortizatsiya qilinadigan aktiv deb e’tirof etiladi.

Bunday хarajatlar, agar ushbu ob’yektlar tegishli yetkazib beruvchi tashkilotga bepul berilgan, soliq organiga esa Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazining tegishli хulosasi taqdim etilgan boʻlsa, foyda soligʻini hisoblab chiqarishda asosli deb hisoblanadi.

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text212791_sk-2026_amortizaciya_qilinadigan_aktivlarga_ijtimoiy_infratuzilma_kiritildi