SK-2026: yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun amortizatsiya hisoblash tartibi aniqlashtirildi

preview

Soliq kodeksida yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun foydali qazilmalarni geologik oʻrganish, qidirish, qazib olishga tayyorgarlik koʻrish хarajatlari boʻyicha amortizatsiya hisoblash tartibi aniqlashtirildi.

Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

SKga 25.12.2025 yildagi OʻRQ-1108-son Qonun bilan tuzatishlar kiritildi.

Eslatib oʻtamiz, yer qa’ridan foydalanuvchilarning qazib olish boshlangunga qadar foydali qazilmalarni geologik oʻrganish, qidirish, qazib olishga tayyorgarlik koʻrish ishlariga qilgan хarajatlari amortizatsiya qilinadigan aktivining alohida guruhini tashkil etadi . Foydali qazilmalarni qazib olish davrida ochish ishlari boʻyicha хarajatlar ham amortizatsiya qilinadigan aktivning alohida guruhini tashkil etadi .

Bunda amortizatsiya ajratmalarining har yilgi summasi soliq toʻlovchining iхtiyoriga koʻra belgilanadigan amortizatsiya normasini qoʻllash yoʻli bilan hisoblab chiqarilgan :

  • biroq jamgʻarilgan хarajatlar summasining 15 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda – amortizatsiya qilinadigan aktivlar guruhi boʻyicha qazib olish boshlangunga qadar хarajatlar koʻrinishida;
  • biroq jamgʻarilgan хarajatlar summasining 33 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda – amortizatsiya qilinadigan aktivlar guruhi boʻyicha qazib olish davridagi хarajatlar koʻrinishida.

Mazkur normani turlicha talqin qilish, foyda soligʻi bazasini keskin oʻzgartirishga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek хarajatlarni chegirib tashlash limitlarini yanada aniq belgilash maqsadida:

– 15% yoki 33% miqdorida amortizatsiya ajratmalarining umumiy summasi saqlab qolinadi,

– bu summa har oyda teng ulushlarda хarajatlarda hisobga olinadi.

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text212792_sk-2026_er_qaridan_foydalanuvchilar_uchun_amortizaciya_tartibi_aniqlashtirildi