NK-2026: tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati uchun imtiyozlar

preview

Soliq kodeksiga tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati uchun 2025 yil 1 yanvardan amalda boʻlgan imtiyozlar kiritildi.

Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

2025 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati tadbirkorlik sub’yektlari foyda soligʻini 2% stavka boʻyicha va ijtimoiy soliqni 1% stavka boʻyicha toʻlaydilar . Soliq kodeksining 483-moddasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

Imtiyozlar bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda qoʻllaniladi:

  • хodimlarning oʻrtacha oylik ish haqi MHTEKMning 2 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanadi;
  • hisobot davrida trikotaj (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoq mahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik buyumlarini sotishdan olingan umumiy tushum, shuningdek daval хomashyosini qayta ishlash boʻyicha хizmatlardan olingan daromadlar tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadning kamida 70 foizini tashkil etadi.

Choraklik imtiyozlarni qoʻllash uchun ushbu shartlar ushbu chorakning har bir oyida bajarilishi kerak.

Imtiyozlarga boʻlgan huquqni soliq organlari avtomatik ravishda (inson omilini hisobga olmagan holda) – har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar belgilaydi.

Soliq imtiyozlaridan foydalangandan keyin hisobotlarni qayta topshirish yoʻli bilan belgilangan shartlarga rioya qilmaslik hollari aniqlangan taqdirda, imtiyozlar bekor qilinadi, soliqlar penya hisoblangan holda hisoblab chiqariladi va byudjetga undiriladi.

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text212803_nk-2026_tikuv-trikotaj_poyabzal_va_charm-attorlik_sanoati_uchun_imtiezlar