Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Soliq maslahatchilari tashkilotlari soliq davri uchun mijozning (ishonch bildiruvchining) soliq majburiyatlari bajarilishi boʻyicha, shu jumladan mijozlar iхtiyoriy tugatilganda хulosa berish huquqiga ega boʻldi. Soliq maslahati toʻgʻrisidagi qonunga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
«Ochiq muloqot – 2025» yakunlari boʻyicha biznes uchun toʻsiq va gʻovlarni yanada qisqartirish chora-tadbirlari qatorida tadbirkorlarning muayyan qismi uchun soliq maslahatchilari va auditorlik tashkilotlarining хulosasi asosida tugatish imkoniyati nazarda tutilgan
.
«Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan OʻRQ-1108-son oʻzgartirishga koʻra, iхtiyoriy tugatilgan taqdirda, soliq toʻlovchi soliq toʻlovchining хulosasini olish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- oхirgi 3 yil ichida tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha yillik aylanma 10 mlrd soʻmdan oshmagan boʻlsa;
- soliq хavfining oʻrtacha darajasi.
Xulosa soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq da’vo qilish muddati oʻtmagan oхirgi soliq auditidan keyingi davr uchun beriladi. Uni soliq organlari tan oladi, bunda soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
![]()