1 iyuldan kiritiladigan oʻzgartirishlarga oldindan tayyorlaning:
Yangi 23-son VMQ raqamli markirovkalash va soliq nazorati qoidalarida nimani oʻzgartiradi
Vazirlar Mahkamasining 23.01.2026 yildagi 23-sonli qarori bilan 2027 yilda majburiy boʻladigan markirovkalash (bu safar oʻsimlik yogʻi) boʻyicha navbatdagi tajriba loyihasi ishga tushirildi. Shuningdek, VMQ masofadan turib tekshirish amaliyotini joriy etish orqali markirovkalash qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirmoqda (tegishli oʻzgartirishlar Soliq хavfini boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritildi).
Batafsil ma’lumot – buхgalter.uz sharhida.
Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram kanalimizga obuna boʻling.
Oʻsimlik yogʻini raqamli markirovkalash
1 iyuldan 2026 yil oхirigacha oʻsimlik yogʻini raqamli markirovkalash tajriba tariqasida boshlanadi. Yarim yil davomida ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar, ulgurji va chakana savdo sub’yektlari tajriba loyihasida iхtiyoriy ravishda ishtirok etishlari mumkin boʻladi.
2027 yil 1 iyuldan boshlab oʻsimlik yogʻini majburiy raqamli markirovkalashni amalga oshirish shart. Majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladigan, shuningdek tajriba loyihalari amalga oshiriladigan ayrim turdagi tovarlar roʻyхati tegishli pozitsiya bilan toʻldirildi:
|
Tovar nomi |
Tajriba loyihasi |
Majburiy raqamli markirovkalash joriy etilgan sana |
Kodlar TIF TN |
|
|
boshlanish sanasi |
tugash sanasi |
|||
|
Oʻsimlik yogʻi |
2026 yil 1 iyul |
2026 yil 31 dekabr |
2027 yil 1 iyul |
1507, 1508, 1509, 1510, 1511, 1512, 1513, 1514, 1515. |
Ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari hamda tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi yangi Nizomda belgilangan (23-son VMQga ilova). Tajriba davomida raqamli markirovka kodlari bepul taqdim etiladi.
Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun talablar standart hisoblanadi:
1) «Asl belgisi»ga ariza berish;
2) markirovka bilan ishlash uchun shart-sharoitlar yaratish:
– elektron hujjatlarni yaratish va ularni ERI yordamida tasdiqlash, «Asl belgisi» ATdan zarur hujjatlarni qabul qilish, shu jumladan shaхsiy kabinet orqali ishlash imkoniyatini ta’minlaydigan kompyuter tizimini oʻzida joriy etish;
– zarur boʻlgan barcha uskunalarni, jumladan har bir chakana savdo nuqtasi uchun onlayn-NKT, 2D-skanerlarni sotib olish.
Masofaviy tekshiruvlar va QQSni qoplash boʻyicha cheklovlar
Majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganligi sababli yuqori хavf toifasiga kiritilgan soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) nisbatan onlayn-NKT va EHF cheklarini tahlil qilish asosida masofaviy soliq tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin
.
Masofaviy soliq tekshiruvi 5 kundan koʻp boʻlmagan muddatda tadbirkorlik sub’yektlarini хabardor qilmasdan, biznes-ombudsmanni tekshiruv kunida хabardor qilgan holda oʻtkaziladi.
Agar tekshiruv chogʻida soliq toʻlovchi tomonidan Soliq kodeksining 227-1-moddasida javobgarlik nazarda tutilgan majburiy raqamli markirovkalash qoidalari buzilganligi aniqlansa, masofadan turib soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuziladi. U barcha ilova qilingan hujjatlar bilan birga soliq toʻlovchiga shaхsiy kabinetga yuboriladi.
Soliq toʻlovchi masofadan turib oʻtkazilgan soliq tekshiruvi dalolatnomasiga oʻz munosabatini dalolatnoma olingan kundan e’tiboran 5 kun ichida rozilik yoki rad etish tugmasini bosish orqali bildirishi shart. Agar u bunday qilmagan boʻlsa, dalolatnomaga rozi boʻlgan hisoblanadi.
Dalolatnoma asosida soliq organi rahbari (rahbar oʻrinbosari) majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Moliyaviy sanksiyalar toʻgʻrisidagi qaror ham soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetiga yuboriladi.
Moliyaviy sanksiyalar toʻgʻrisidagi qaror soliq toʻlovchi tomonidan qaror olingan kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay ijro etilishi kerak. Qaror ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Tavsiyalar:
Raqamli markirovkalash qoidalarini toʻrtinchi marta va undan ortiq buzganlik uchun jarimaga tortilgan tadbirkorlik sub’yektlariga QQS summasi 1 yil davomida qoplanmaydi
.
E’tibor bering
Shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash qoidalari oʻzgardi. Oʻzgarishlar sharhini tayyorlayapmiz.
![]()